1. Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari Mavzu rejasi



Yüklə 153,04 Kb.
səhifə3/16
tarix16.02.2023
ölçüsü153,04 Kb.
#100875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan

Tarix fani vazifalari:

  1. Bilish vazifasi tarixiy rivojlanish qonunlarini aniqlash va taxlil qilishdir. Bunda insoniyat tarixidagi barcha jarayon va taraqqiyotni ob’ektiv jihatdan yoritish orqali barcha mamlakat va xalqlarning tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xosligi va rivojlanishini tarixiylik nuqtai nazardan baholash orqali o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi ta’minlaydi.

  2. Tarbiyalash vazifasi fuqarolik, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarni tarixiy misollar orqali shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.

  3. Bashorat qilish vazifasi o‘tgan davr va hozirgi davrdagi tarixiy voqealar tahlili asosida kelajakni oldindan ko‘rsata olish va jamiyat taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash

  4. Ijtimoiy xotira vazifasi jamiyat va shaxsning rivojlanishi va o‘ziga xos shakllanishida tarixiy bilim yetakchilik vazifasini bajaradi.

  5. Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi tarixiy bilimga asoslangan holda ilmiy asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin.

Tarix fani metodolgiyasi. Metodologiya – tadqiqot usullarini, tarixiy dalillarni taxlil qiladigan, ilmiy dunyoqarashning shakllanish yo‘llarini o‘rgatadigan fandir.
Tarixiy dalillarni o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Tarixiylik tamoyili - tarixiy hodisalarni rivojlanishda, aniq tarixiy sharoitga mos holda o‘rganish lozimligini ilgari suradi;
2. Ob’ektivlik tamoyili – bu tadqiqotchiga hodisalarning ko‘p qirraligi va qarama qarshiligining barcha jihatlarini hisobga olgan holda ob’ektiv o‘rganish uchun asos bo‘ladi.
3. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili- hodisa va jarayonlarni aholining turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini hisobga olgan holda, partiya, davlat va shaxslarning amaliy faoliyatidagi su’ektiv jarayonlarni taxlil qilishni ilgari suradi;
4. Alternativlik tamoyili- ob’ektiv taxlil qilish asosida real sharoit, hodisa yoki voqealarning ehtimollilik darajasini belgilab beradi.
Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgiday bo‘lib qolganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi esa shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. Yurtboshimizning shu haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodlari kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”.
"O‘zbekiston tarixi" fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi tarixining barcha jarayon va taraqqiyotini ob’ektivlik, xolislik va tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rgatish va insonlarni intellektual jihatdan rivojlantirish;
- Insonlar dunyoqarashini tarix asosida kengaytirish. Tarixiy dalillar har doim ilmiy asosga ega bo‘lib, to‘g‘ri dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratgan.

Yüklə 153,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə