2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy
munosabatlarning quyidagi bо‘g‘inlaridan iborat:
-Davlat byudjeti tizimi;
-davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ
davlatlarda esa - federatsiya a’zolarining krediti;
-maxsus maqsadli fondlar;
-davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo,
davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi
quyidagi ikki bо‘g‘indan iborat:
-Davlat byudjeti;
-kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari
byudjeti).
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari
bilan Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi
uch bо‘g‘indan tarkib topgan: Davlat byudjeti, yoki federalь byudjet, yoki markaziy
hukumat byudjeti;
- federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda - shtatlar byudjeti, Kanadada-
provinsiyalar byudjeti, Germaniyada-erlar byudjeti, Shveysariyada-kantonlar
byudjeti va xokazo);
- mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya
a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat federalь byudjetining
tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining etakchi
bо‘g‘inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy
organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning
shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi
hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat
organi - parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar,
iqtisodiy tanazzullar va xokazolar davrida) hukumat Davlat byudjetining
mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini
qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta
taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliya tizimining bu bо‘g‘ini orqali
mamlakat milliy daromadining 40 foizgacha bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida
byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham
kо‘proq qismi shakllantiriladi
.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning
45
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari
Davlat byudjetiga biriktirilgan.
Davlat
byudjetidan
harbiy
maqsadlarga
mо‘ljallangan xarajatlar,
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy
xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar
taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, d
avlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga,
hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish
orqali mamlakat moliya tizimining barcha bо‘g‘inlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy
ravishdagi byudjet defitsiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi.
Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib keladi.
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan)
barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy
summasidan iborat.
Hududiy moliya etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining ikkinchi
bо‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya
a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar
moliyasidan iborat.
Federatsiya a’zolarining daromadlari tо‘g‘risidagi masala har bir mamlakatda
о‘ziga xos tarzda echiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita)
soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa,
Germaniyada asosiy tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar bо‘yicha tushumlar - aholidan
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘i 50 foiz:
50 foiz nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bо‘g‘ini davlat
krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va
jismoniy shaxslar о‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bо‘lib, unga kо‘ra
davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar
sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet
defitsiti mavjud bо‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini
qoplamasa muomalaga chiqariladi.
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar
(asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yо‘naltiriladigan
mablag‘larning salmog‘i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha
yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bо‘lib, ular davlat byudjetidan
hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yо‘li bilan kerakli mablag‘larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bо‘g‘inlaridan yana
biri bu maxsus maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
eng yiirik maxsus maqsadli fondlarning orasida milliy mug‘urta fondlari alohida
о‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug‘urta
badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi.
Milliy sug‘urta fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini
yuqotgan hollar bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yuqotgani, homiladorligi, ishsizligi va xokazolar bо‘yicha nafaqalar berishga
sarflanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga
46
yо‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish
haqi va tо‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi.
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga
binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir о‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib
kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bо‘lgan yollanma ishchilar va о‘z-
о‘zi bilan band bо‘lgan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi. Temir yо‘l tizimida, federal
xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya
ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug‘urta fondi
bо‘lib, bu fond AQSH federal byudjetining tarkibiga kiradi. Qarilik bо‘yicha
pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab tо‘lanadi.
Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bо‘lmoq lozim, ya’ni
40 chorak 10 yil davomida sug‘urta badallarini tо‘lash kerak.
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta qilingan shaxs
tomonidan olingan ish haqining о‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam
ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning о‘rtacha miqdori о‘rtacha
maoshning 40 foizini, past darajadagi daromadga ega bо‘lgan shaxslar uchun esa 60
foiz ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu
narsani rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5 foizga, ya’ni yiliga
6 foizga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya
avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun
qarilik pensiyasining 50 foizi miqdorida qо‘shimcha tо‘lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning
yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha past kvartira haqi kabi qо‘shimcha
imtiyozlarga ega.
Germaniyada yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan.
Boshqa etakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori
о‘rtacha ish haqi va tо‘langan sug‘urta badallarning miqdoriga bog‘liq. Bu erda
davlat pensiya ta’minoti tizimi etakchi rol о‘ynaydi. Italiyada pensiya islohoti 1995
yilda о‘tkazilgan. Unga muvofiq о‘zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bо‘lsa-da, haqiqatda uning
darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70 foizi qonunda kо‘zda tutilgan
muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. Pensiya ta’minoti xarajatlari YAIMga
nisbatan Ispaniyada-7,5 foiz, Avstriyada-14,8 foiz, Fransiyada -11,8foiz,
Germaniyada - 10,8 foiz, Buyuk Britaniyada-9,5 foizni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi etakchi xorijiy davlatlar moliya tizimining
bо‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida
Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng va 1945-1950 yillarda temir yо‘l va havo transporti,
energetika tarmog‘i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi
munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. О‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy
jihatdan о‘ta qoloq va noraqobatbardoshli edi.
Ularni qayta qurollantirish juda katta miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu
mablag‘lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq tо‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar
modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bо‘lishiga qaramasdan,
moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan
Dostları ilə paylaş: |