6
1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va
funksiyalari
Reja
1.Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan
ehtiyojining rivojlanishi.
2.Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya.
3.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-
pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab
chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va
funksiyalari bilan belgilanishi.
4.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya
va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari.
5. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va
YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash.
1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul
mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi
kо‘rinishlari mavjud:
-maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bо‘ladigan
iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya
kapitali, moliya tizimi);
-biror shaxs, oila, jamoa,
muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
-shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (sо‘zlashuv
tilida).
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek,
“moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” sо‘zlari ham moliyaga daxldordir.
О‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” sо‘zi fransuzcha “finance”,
lotincha “financia” va ruscha “finansi” sо‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum
ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki
“tо‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi
. Moliya davlatning vujudga kelishi va
uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul
munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi.
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni
taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida
davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari
(subektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi.
Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar
7
xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi taqsimlash va
qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi- ular kо‘proq
ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati
prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi“ moliya” tushunchasini davlat xazinasining
alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin.
Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi
tasavvurlar vaqt о‘tishi bilan о‘z kо‘rinishini о‘zgartirib borgan.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aktsionerlik shaklidagi) milliy
va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq
holda tovar ishlab
chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning
turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va
ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.
Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati
masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir
tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar о‘rtasida
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir
vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik
aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z
hissalarini
olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday
qilib,
moliyaning
ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati,
taraqqiyot
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga
kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq.