10
kuchli bо‘lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar о‘z-о‘zicha
moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy
mо‘ljallanganligini ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning о‘zini emas, balki
resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan
ijtimoiy munosabatlarni о‘rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot
qonunlarini tadqiq etadi.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansada, kо‘p jihatdan u hukumat tomonidan
amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga
ham bog‘liq bо‘ladi.
Moliya - bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida milliy
daromadni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning
hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu
mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon
bо‘ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali e mas, balki boshqa
iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va xokazolar orqali ham amalga
oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi.
Milliy daromadning
taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak.
Baho mulkdorlarga
mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bо‘lgan pul mablag‘larining
о‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich
asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bо‘lgan talab va taklifni tartibga
soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan kо‘rsatkich hisoblanadi. Agar
davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy tо‘lovlarni korrektirovka (о‘zgartirishga)
qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bо‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning
juda kо‘p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning
bahosini korrektirovka qilayotir (о‘zgartirayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy
tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda
davlat tomonidan
foydalaniladi.
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari kо‘plab
tovar guruhlari
bо‘yicha sotib olish olish bahosi bо‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq
qiluvchi normativ baholar bо‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa
sharoitlar teng bо‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki
bozoridagi baholar ortadi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining
doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli etarli darajada aniqlangan - bu
daromadlar va xarajatlar о‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilishning e htiyojlarini qoplash usuli va
xokazo Biroq, bir vaqtning о‘zida, kredit - byudjet
defitsiti va byudjet-kassa
11
uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini
qoplash uchun bank xizmatlari zarur bо‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli.
О‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida
saqlanayotgan bо‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) о‘zining qaytariluvchanligi va
haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning о‘zida, har ikki holatda ham ular pul
mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul
munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar
krediti ham pul asosiga va shakliga ega.
Banklar korxonalar va aholining bо‘sh pul mablag‘larini akkumulyatsiya
qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida
ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar.
Agar moliya qiymatning bir
tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini
ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan mudatda oldindan о‘rnatilgan foizlarni
tо‘lagan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida keltirib о‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga
ega bо‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan,
ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda pulli tо‘lanma, ya’ni pul deb atalishi
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bо‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul
hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining
qо‘llanishini taqozo etadi. Biroq,
bundan tashqari, soliq bizga tegishli bо‘lgan
daromad va ish haqining bir qismidir. О‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish
(emissiya qilish) bо‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob-
lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-
birlaridan о‘zlarining funksiyalari va mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda
kategoriyalarga tegishli bо‘lgan barcha belgilarning majmui kо‘rib chiqilsagina
ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga e ga bо‘lgan va
davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosabatlari
davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud
bо‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga о‘tsa, u boshqa iqtisodiy
kategoriyalarning belgilarini о‘zida mujassam etadi.
Dostları ilə paylaş: