16
Davlat
moliyasining
ijtimoiy
mо‘ljallanganligidan
(davlatning
о‘z
funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini
shakllantirish va ulardan
foydalanish) kelib chiqiladigan bо‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan
kattaroq ekanligi yaqqol kо‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu
bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda,
jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bо‘ladi.
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda,
takror ishlab chiqarishning oldingi (о‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari
va predmetlarini tiklash uchun mо‘ljallangan qismi ajra-tiladi. Bu qism takror ishlab
chiqarishning yangi siklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi.
Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar о‘rtasida taqsimlanadi.
Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari)
asrlar davomida shakllanib, unda
ishtirokchilarning har biri о‘ziga tegishli bо‘lgan qismni ortirish (kо‘paytirish)
maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bо‘ladilar. Shunday qilib,
jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan
sо‘ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib о‘tadi.
Takror ishlab chiqarish
jarayonining har bir ishtirokchisi о‘ziga tegishli bо‘lgan daromadni quyidagi ikki
Dostları ilə paylaş: