12
Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
(davomi)
Reja
1. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab
chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining
ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni.
2.Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va
kredit. Moliya va ish haqi.
3.Moliya va soliq. Ularning о‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning
taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning о‘zaro bog‘liqligi.
Moliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya
quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1.Taqsimlash;
2.Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash
va shu taqsimlash
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga
ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda
moliyaning bosh yoki asosiy
funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan
taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni
taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta
taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli
darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini
boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi.
Unga taqsimlashning turli
kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va
boshqalar) tug‘diruvchi kо‘p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy
yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir
bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar
Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash
jarayonida shakllanadi.
Ular ikki guruhga bо‘linadi:
-moddiy ishlab
chiqarish
sohasida
band
bо‘lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va xokazolarning daromadlari;
-moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash,
aholining moddiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini
ta’minlay olmaydi.
Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda
milliy
daromad
ni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali