21
asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng
asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar
sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli
moliyaviy resurslar
bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni
saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi
. Shuning uchun ham moliyaviy
siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir
ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki
ijtimoiy,
madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit,
ichki yoki tashqi siyosat
tо‘g‘risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib,
bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini
amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi
. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy
soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega
emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch eementlardan tarkib
topadi:
-bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir
davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan
istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish;
-qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni
tanlash va joy-joyiga
qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun
ijtimoiy
boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga
yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat
deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: