25
nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida
instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning
aniq shakllarida namoyon bо‘ladi.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bо‘lgan A.Smit va D.Rikardolar
konsepsiyalarining
mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan
erkin konkurensiyani (raqobatni) saqlamog‘i lozim va jamiyat xо‘jalik hayotini
tartibga solishda asosiy rolь bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak.
Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-
yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga,
davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu
maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan,
harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini
byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini
ta’minladi.
Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida
(hisobidan) shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi
ustunlik qila boshlab, unga kо‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror
ishlab chiqarish jarayonining siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish
orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga
oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yо‘naltirilgan
davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning о‘zida
bir necha
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik
darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati о‘sdi;
qо‘shimcha talab shakllantirildi; milliy daromad kо‘paydi (ortdi); ijtimoiy
ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bо‘ldi va xokazo
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga
olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning о‘zida davlat daromadlarining
oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar kо‘rildi. Daromad solig‘i
davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa
tortishning progressiv stavkalari qо‘llanildi. Soliqlarning
bunday tizimi milliy
daromadni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yо‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar о‘rtasidagi farq
mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan
belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan
foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bо‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet
defitsitining bо‘lishi mumkinligiga yо‘l qо‘ygan va buning ustiga iqtisodiy о‘sishni
rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rolь ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb
nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida о‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat
iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining
kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi.
Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining
rivojlanishini belgilab berdi.
Uzoq va о‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining
rivojlanishiga olib keldi va о‘zining ahamiyati bо‘yicha davlat moliyaviy
26
resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida milliy
daromadni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yо‘nalishi
moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi. Bu
konsepsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da,
lekin uning
iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasini biroz chekladi.
Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi.
Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta
kursini, ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali
sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar
oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning
qayta qurilish
tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga о‘zining ta’sirini kо‘rsatdi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy
nazariyalar ostida bо‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining
konvergensiyasidan (qо‘shilib ketganligidan, aralashuvidan) iborat.
SHunga
muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham
keynschilik va ham neokeynschilik tizimining
turli-tuman elementlaridan
foydalanadilar.
Faqat
davlatning
ixtiyorida
moliyaviy
resurslar
katta
qismining
tо‘planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy
munosabatlarni tashkil etishda davlatning monopolligini (yakka hokimligini) kо‘zda
tutivchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning
funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xо‘jalik-
tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bо‘lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan tо‘liq
moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi.
Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejalari yordamida u ijtimoiy
faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk
shakllarining davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. SHunga
muvofiq ravishda davlat milliy daromadni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan
ishlab chiqarish sohasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri taqsimlashga va davlat byudjeti orqali
qayta taqsimlashga о‘tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bо‘ldiki, davlat bevosita
va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi
va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi.
Dostları ilə paylaş: