22
vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-
о‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan
mamlakatning aholisi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari о‘rtasida
qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, kо‘plab
mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat
organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq
mexanizmining nosamarali
ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga
olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansayu, moliyaviy siyosat
uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari
uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat
hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol
ravishda hayotga tadbiq
etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan
hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas,
balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak;
-ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
-uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining
moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining
barcha bо‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan
(mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha
davlat ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak.
Xorijiy
tajribalarning
kо‘rsatishicha,
moliyaviy
resurslarning
balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish
mamlakat moliya tizimining о‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi
va vayron bо‘lishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati shundan
iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanishiga va
iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan
bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat
daromadlarining manbaini kо‘paytirib, moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng yuqori
natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng
asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish
moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Dostları ilə paylaş: