23
qochib qutilish;
-raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lider bо‘lishga) erishish;
-korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
-korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish;
-ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
-foydani maksimallashtirish;
-xarajatlarni minimallashtirish;
-rentabelli faoliyatni ta’minlash;
-va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng
avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita
mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq
metodlari, moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish
bilan yagona joyga bog‘lashga imkon beradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida
moliyaviy siyosat moliya
tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi
prinsiplar asosida quriladi:
-moliya tizimi bо‘g‘inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib
moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
-barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
-barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy
boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq
etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
-pirovard maqsadga bog‘liqlik;
-xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi
(muvozanatliligi, mutanosibligi);
-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
-real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi
iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari
va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni
mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga
yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida
moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya
qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi.
О‘z-о‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas.
Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining)
manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq
vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish
(korrektirovka qilish) bо‘yicha
tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun
jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan
(taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bо‘lgan
24
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan
holda istiqboldagi va yaqin
yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim.
Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning
aniq mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun
qatlamlarining va alohida
guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va
hayotning о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (yuqori darajada) hisobga
oladigan bо‘lsa, uning natijaliligi shuncha yuqori bо‘ladi.
Bir vaqtning о‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati)
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli
qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan
ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda
ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy
siyosatning
amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir
kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining
ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning
maksimal hajmini
shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy
resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq
ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning
moliyaviy ahvoli tо‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik
davlatda moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli
bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z
vaqtida beriladigan, hamma
olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog‘i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan moliyaviy
munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: