37
4-Mavzu:Moliya tizimi va uning bo’g’inlari
Reja
1.Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari.
2. Moliya tizimining bо‘g‘inlari.
3.Davlat moliyasi va uning bо‘g‘inlari.
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan
va foydalaniladigan
moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga
boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi
shakl va metodlar tizimiga
moliya tizimi deyiladi.
“
Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining
taraqqiyoti natijasidir.
Mamlakatda bozor islohotlarining
amalga oshirilishi va
prinsipial jihatdan butunlay yangi bо‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning
hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bо‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv
ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi.
Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga
bо‘linadi:
-davlat moliyasi va mahalliy moliya;
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.
О‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq
ravishda bir necha
bо‘g‘inlardan tashkil topadi.
Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bо‘g‘inlardan tashkil
topishi mumkin:
-Davlat byudjeti;
-maqsadli maqsadli fondlari;
-davlat krediti.
Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bо‘g‘inlardan
iborat:
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
-moliyaviy vositachilar moliyasi;
-notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali kо‘rinishda quyidagicha ifodalash
mumkin: