32
bо‘yicha tadbirlar kompleksidan iborat
. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xо‘jalik
yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi.
Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar
tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning
“qochib”
ketmasligi
va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib
kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat
k
onstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining
huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq.
Hozirgi paytda bu siyosat,
о‘z navbatida, pensiya siyosati,
immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy
guruhlariga moliyaviy yordam kо‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga
oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida
qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida
e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig‘imlari) tovar va
xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir vaqtning о‘zida boj siyosati
mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan usuliga ham egadir.
Usulning о‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi,
ikkinchi
tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki
unga tо‘sqinlik qilishi mumkin.
Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-uskunani
import qilishga 20 foizli boj yig‘imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab
chiqarishning о‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import
qilinadigan mahsulotlarning
salmog‘ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki
boj undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi
xuddi shunday javob choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati
yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar
biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog‘liq
bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog‘i lozim. Ammo boj stavkalari
rag‘batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy
tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona
bojlari va tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog‘liq bо‘ladi.
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy
jihatdan
asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan,
muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub’ektlarining manfaatlariga zid
bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki
va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zahiralarining
ortishiga, inflyatsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YAlpi ichki
mahsulot kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining
kuchayishiga
olib kelmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: