27
Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy
salohiyatni yaratishga muvaffaq bо‘ldi, urushda g‘alaba qozondi va
qiyosiy qisqa
muddatlarda urushdan vayron bо‘lgan xalq xо‘jaligini tikladi.
Jahon urushidan keyingi yillarda sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb
mamlakatlari va eng avvalo, AQSH bilan qurollanish poygasi va kosmosni
rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning о‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi
moliyaviy yordamlar kо‘rsatildi:
-ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yо‘nalishni) ta’minlash
uchun;
-ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish
uchun;
-kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini
mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz
qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi
qazilma-boyliklarini о‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga
qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bо‘lishini
taqoza etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni о‘zlashtirish, о‘sha
tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq tо‘lashning oshirilgan
normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz
quvurlarini qurish bilan birgalikda davom etdi.
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bо‘lib turgan paytlarda ularni
eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. SHunday bо‘lishiga
qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli
tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat
kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi
davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish
unchalik tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Hukumat dasturlarida
aholi turmush darajasi
oshganligining deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday
bо‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq tо‘lashning
darajasiga va qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat,
fuqarolik qurilishi va
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga
bog‘liq.
Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu
sohada band edi) mehnatga haq tо‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq
bо‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bо‘lgan aholi ham о‘zining iste’mol
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. SHuning uchun ham iste’mol
bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya
siyosatining samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va
qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga
egadir:
-taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini tanlash, ya’ni moliyaviy
28
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
-yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik
darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy
resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
-birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash
va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor
yо‘nalishlarini belgilash;
-moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat kо‘p о‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy
holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan
nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni
boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat
munosabatlarining elementlari bо‘yicha differensiatsiya qilinishi (tabaqalanishi)
moliya tizimining rivojlan-ganligiga va uning ayrim (alohida) bо‘g‘inlarining
mustaqilligiga bog‘liq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: