33
taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi.
Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol
moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi.
Jamiyat hayotining barcha
jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib
kо‘rsatildi.
Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat
talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga
ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan
asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa
muddatli foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni
qiyin
ahvolga olib keldi.
О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi,
moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga
tо‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning
taktik chora-tadbirlari
asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi,
milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab
chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga
past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini
olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari
natijalarining mamlakat
iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yо‘lidan og‘ishmay amalga
oshirilmoqda.
О‘zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
-
davlat byudjetidagi defitsitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida
(YAIMning 3-4 foizi atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni
amalga oshirish;
-davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi
zarur tarkibiy
о‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni
ta’minlash;
-ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib
chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya
bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani
yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
-ijtimoiy himoyaning manzilli bо‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash;
-Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy
ahvolining barqarorligini
ta’minlash;
-byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;
-soliq
siyosatini
takomillashtirish,
soliqlarning
iqtisodiyotga
rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy,
moliyaviy va mehnat resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga
34
rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va
foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish
va shu asosda ishlab
chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq tushumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk
solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq
undirishning progressiv
tizimini joriy etish.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati konsepsiyasining
maqsadi
iqtisodiyotni
barqaror
rivojlantirish,
ijtimoiy
ishlab
chiqarish
samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush
farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat.
Moliya strategiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini
oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib
topishda namoyon bо‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga
butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bо‘ladi va endilikda aholi turmush
darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini moliya resurslardan samarali foydalanish
yо‘nalishlarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: