1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
1-mavzu. sirtqi

Nazorat uchun savollar 
1.Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning ahamiyatini tushuntirib 
bering. 
2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
3.Moliyaviy siyosatning asosiy yо‘nalishlari nimalardan iborat? 
4.Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab о‘ting. 
 
 
2-Mavzu:Moliyaviy siyosat 
Reja 
1
 
Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari. 
2
 
 Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy 
siyosatiga asoslanishi.
3
 
Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy 
element hisoblanishi.
4
 
Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi 
mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy va 
sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashga qaratilganligi. 
5
 
 Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari. Byudjet siyosati, soliq 
siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, 
sotsial moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi 
omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga 


21 
asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng 
asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar 
sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar 
bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan 
jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi
. Shuning uchun ham moliyaviy 
siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir 
ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki 
ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat 
tо‘g‘risida gapiriladi. 
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, 
bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini 
amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi
. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy 
soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega 
emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch eementlardan tarkib 
topadi: 
-bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir 
davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan 
istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish; 
-qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga 
qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. 
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz 
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 
ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga 
yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat 
deyiladi. 
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə