1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


 Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-mavzu. sirtqi

2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy 
munosabatlarning quyidagi bо‘g‘inlaridan iborat: 
-Davlat byudjeti tizimi; 
-davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ 
davlatlarda esa - federatsiya a’zolarining krediti; 
-maxsus maqsadli fondlar; 
-davlat korporatsiyalari moliyasi. 
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, 
davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi 
quyidagi ikki bо‘g‘indan iborat: 
-Davlat byudjeti; 
-kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari 
byudjeti). 
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari 
bilan Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi 
uch bо‘g‘indan tarkib topgan: Davlat byudjeti, yoki federalь byudjet, yoki markaziy 
hukumat byudjeti; 
- federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda - shtatlar byudjeti, Kanadada-
provinsiyalar byudjeti, Germaniyada-erlar byudjeti, Shveysariyada-kantonlar 
byudjeti va xokazo); 
- mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya 
a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat federalь byudjetining 
tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining etakchi 
bо‘g‘inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy 
organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning 
shaklidan iboratdir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi 
hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat 
organi - parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, 
iqtisodiy tanazzullar va xokazolar davrida) hukumat Davlat byudjetining 
mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini 
qoplaydi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta 
taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliya tizimining bu bо‘g‘ini orqali 
mamlakat milliy daromadining 40 foizgacha bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi. 
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida 
byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham 
kо‘proq qismi shakllantiriladi

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar 
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning 


45 
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari 
Davlat byudjetiga biriktirilgan. 
Davlat 
byudjetidan 
harbiy 
maqsadlarga 
mо‘ljallangan xarajatlar, 
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy 
xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar 
taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, d
avlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, 
hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish 
orqali mamlakat moliya tizimining barcha bо‘g‘inlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy 
ravishdagi byudjet defitsiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. 
Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib keladi. 
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) 
barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy 
summasidan iborat. 
Hududiy moliya etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining ikkinchi 
bо‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya 
a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar 
moliyasidan iborat. 
Federatsiya a’zolarining daromadlari tо‘g‘risidagi masala har bir mamlakatda 
о‘ziga xos tarzda echiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) 
soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa, 
Germaniyada asosiy tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar bо‘yicha tushumlar - aholidan 
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘i 50 foiz: 
50 foiz nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bо‘g‘ini davlat 
krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va 
jismoniy shaxslar о‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bо‘lib, unga kо‘ra 
davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar 
sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet 
defitsiti mavjud bо‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini 
qoplamasa muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar 
(asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yо‘naltiriladigan 
mablag‘larning salmog‘i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha 
yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bо‘lib, ular davlat byudjetidan 
hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yо‘li bilan kerakli mablag‘larni oladi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bо‘g‘inlaridan yana 
biri bu maxsus maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 
eng yiirik maxsus maqsadli fondlarning orasida milliy mug‘urta fondlari alohida 
о‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug‘urta 
badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi.
Milliy sug‘urta fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini 
yuqotgan hollar bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yuqotgani, homiladorligi, ishsizligi va xokazolar bо‘yicha nafaqalar berishga 
sarflanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga 


46 
yо‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish 
haqi va tо‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. 
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga 
binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir о‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib 
kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bо‘lgan yollanma ishchilar va о‘z-
о‘zi bilan band bо‘lgan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi. Temir yо‘l tizimida, federal 
xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya 
ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. 
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug‘urta fondi 
bо‘lib, bu fond AQSH federal byudjetining tarkibiga kiradi. Qarilik bо‘yicha 
pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab tо‘lanadi. 
Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bо‘lmoq lozim, ya’ni 
40 chorak 10 yil davomida sug‘urta badallarini tо‘lash kerak. 
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta qilingan shaxs 
tomonidan olingan ish haqining о‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam 
ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning о‘rtacha miqdori о‘rtacha 
maoshning 40 foizini, past darajadagi daromadga ega bо‘lgan shaxslar uchun esa 60 
foiz ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu 
narsani rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5 foizga, ya’ni yiliga 
6 foizga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya 
avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun 
qarilik pensiyasining 50 foizi miqdorida qо‘shimcha tо‘lanadi. 
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning 
yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha past kvartira haqi kabi qо‘shimcha 
imtiyozlarga ega. 
Germaniyada yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. 
Boshqa etakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori 
о‘rtacha ish haqi va tо‘langan sug‘urta badallarning miqdoriga bog‘liq. Bu erda 
davlat pensiya ta’minoti tizimi etakchi rol о‘ynaydi. Italiyada pensiya islohoti 1995 
yilda о‘tkazilgan. Unga muvofiq о‘zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. 
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bо‘lsa-da, haqiqatda uning 
darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70 foizi qonunda kо‘zda tutilgan 
muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. Pensiya ta’minoti xarajatlari YAIMga 
nisbatan Ispaniyada-7,5 foiz, Avstriyada-14,8 foiz, Fransiyada -11,8foiz, 
Germaniyada - 10,8 foiz, Buyuk Britaniyada-9,5 foizni tashkil etadi. 
Davlat korxonalari moliyasi etakchi xorijiy davlatlar moliya tizimining 
bо‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida 
Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng va 1945-1950 yillarda temir yо‘l va havo transporti, 
energetika tarmog‘i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi 
munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. О‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy 
jihatdan о‘ta qoloq va noraqobatbardoshli edi.
Ularni qayta qurollantirish juda katta miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu 
mablag‘lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq tо‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar 
modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bо‘lishiga qaramasdan, 
moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə