1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Moliya tizimining sohalari va bо‘g‘inlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-mavzu. sirtqi

Moliya tizimining sohalari va bо‘g‘inlari
Moliya tizimining alohida sohalar va bо‘g‘inlarga bо‘linishi YAIMni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va 
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli 
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va 
bо‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning 
о‘ziga xos bо‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir.
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, 
uni korxonalar о‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va maqsadli 
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar 
davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, 
tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlanadi. 
О‘z navbatida, 
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
-respublika byudjeti; 
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
Moliya tizimi 
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar 
moliyasi 
Davlat moliyasi va mahalliy 
moliya 
Tijorat korxonalari va 
tashkilotlari moliyasi 
Moliyaviy vositachilar 
moliyasi 
Notijorat tashkilotlar 
moliyasi 
Davlat
byudjeti 
Davlat 
maqsadli
fondlari 
Davlat
krediti 


39 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bо‘ysunuvchi 
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat 
byudjetini va viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga 
oladi. Shuningdek, tumanlarga bо‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va 
shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga 
bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman 
bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. 
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni 
hal etishi kerak: 
-daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining 
darajasini kamaytirish; 
-mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari 
bо‘yicha byudjet 
xarajatlarini restrukturizatsiya qilish; 
-byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish; 
-byudjet ajratmalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni 
kuchaytirish. 
Davlat maqsadli oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki 
doimiy ravishda mavjud bо‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat 
byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar 
maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi.
Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sog‘liqni saqlash, ishsizlikni
kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan 
foydalanish davlat tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan shakllar va metodlar yordamida 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni 
moliya tizimining “Davlat moliyasi va 
mahalliy moliya” sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yо‘naltiril-ganligi belgisi bо‘yicha 
davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: 
-
ijtimoiy mо‘ljallangan (yо‘nalishga ega bо‘lgan) davlat maqsadli fondlari 
(maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar); 
-tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bо‘lgan davlat maqsadli fondlari 
(maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). 
Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) davlat 
maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil 
qilinishi (shakllantirilishi) mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 
- Respublika yо‘l fondi; 
- О‘zbekiston respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni 
qо‘llab-quvvatlash davlat qо‘mitasining maxsus hisob varag‘i; 
- Ish bilan ta’minlashga kо‘maklashuvchi davlat fondi; 
-О‘zbekiston respublikasi byudjetdan tashqari pensiya fondi. 


40 
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning tо‘planganligi 
sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz 
foydalanishga va turli-tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish 
ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash 
(konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidatsiya 
qilingan) fondlarning maqsadli yо‘nalishi о‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi 
ta’minlanishi lozim. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə