1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-mavzu. sirtqi

O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Moliya tiziminining soha va bo‘g‘inlarini tavsiflang.
2. Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan qanday muammolarni hal 
etishi kerak?
3. Moliya tizimi deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta’riflarni berish 
mumkin?


42 
Mavzu: Moliya tizimi va uning bo’g’inlari (davomi) 
1. Xо‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi. Uy xо‘jaliklari moliyasi.
2.Moliyaviy vositachi muassasalar va ularni moliya tizimidagi tutgan 
о‘rni. О‘zbekiston Respublikasi kredit tizimi.
3.О‘zbekiston 
Respublikasining 
byudjet 
tizimi. 
О‘zbekiston 
Respublikasining soliq tizimi. Mahalliy moliya va uning bо‘g‘inlari.
Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez 
о‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy 
jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy 
yо‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq. 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bо‘lib, foyda olish ularning asosiy 
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar о‘rtasida taqsimlanmaydi.
Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv
sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va 
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va 
ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar kо‘rsatish va shunga о‘xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat 
tashkilotlarining oldiga qо‘yilgan maqsadlar xilma-xil bо‘lganligi uchun bu sektor 
о‘zining ham juda keng va rang-barang bо‘lishi, tabiiydir.
Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, о‘z a’zolarining iqtisodiy 
manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotning bu sektori, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining 
ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi. 
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot 
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-
biridan farq qiladi. Biroq, bir necha miqdoriy tavsifnomalarning (kо‘rsatkichlarning) 
tahlili, yaxlit olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. 
Ana shunga о‘xshash tavsifnomalarga (kо‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
-notijorat tashkilotlarining soni
. Evropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4 ta 
notijorat tashkiloti tо‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda etakchi hisoblanib, bu 
erda har 1000 kishiga 21 tadan tо‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu 
kо‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3 ga tengdir; 
-notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi.
Bu 
tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bо‘lib hisoblanadi. Hozirgi 
paytda bu sektorda ishchi kuchining о‘rtacha 3,4 foiz ishlaydi (Vengriyada-1 
foizdan boshlab, AQShda-7 foizgacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat 
kо‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qо‘shimcha ish 
о‘rinlarining yaratilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va 
xizmatlarni sotib oluvchilar bо‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik 
faoliyatining faollashuviga olib keladi; 


43 
-notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari
. Bu kо‘rsatkich yalpi milliy 
mahsulotning о‘rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada-1,2 foiz, AQShda-6,3 
foiz). Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir. 
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bо‘la borib, 
bu erda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi tо‘planmoqda va u 
zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. 
Notijorat asosda xо‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: 
-
faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga 
yо‘naltirilganligi; 
-e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida 
foydalanish; 
-bozor xо‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy 
samaradorligini birgalikda qо‘shib olib borish. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh
asosiy guruhga ajratish mumkin: 
-byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar); 
-tijorat faoliyati: 
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
-aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bо‘yicha 
olinadigan daromadlar; 
-notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida 
tuzilgan xо‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; 
-va boshqalar. 
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining 
tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy 
qurbonliklarning miqdori 1 foizdan (Yaponiyada) 20 foizgacha (AQShda) tebranadi 
va о‘rtacha 11 foizni tashkil etadi.
Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha 
bо‘lib, uning о‘rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining о‘zlari 
tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23 foizdan (Vengriya) 71 
foizgacha tebranib, uning о‘rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir. 
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning 
davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning 
tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qо‘llab-
quvvatlash tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bо‘lishi 
mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan tо‘g‘ri (bevosita) qо‘llab-quvvatlashning 
uch asosiy shakli mavjud: 
-tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; 
-hamkorlikda moliyalashtirish; 
-davlat ijtimoiy buyurtmasi. 
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni 
notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi tо‘lovlari va 
boshqa shunga о‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda 


44 
tez-tez foydalaniladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə