1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


 Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
1-mavzu. sirtqi

3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
Yaqin о‘tmishda, ya’ni shо‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy 


33 
taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. 
Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol 
moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha 
jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib 
kо‘rsatildi.
Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat 
talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga 
ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan 
asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa 
muddatli foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin 
ahvolga olib keldi. 
О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor 
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi, 
moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga 
tо‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari 
asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, 
milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab 
chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga 
past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini 
olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat 
iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yо‘lidan og‘ishmay amalga 
oshirilmoqda. 
О‘zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
davlat byudjetidagi defitsitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida 
(YAIMning 3-4 foizi atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni
amalga oshirish; 
-davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy 
о‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni 
ta’minlash; 
-ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib 
chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya 
bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani 
yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; 
-ijtimoiy himoyaning manzilli bо‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy 
yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; 
-Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini 
ta’minlash; 
-byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 
-soliq 
siyosatini 
takomillashtirish, 
soliqlarning 
iqtisodiyotga
rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: 
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga 


34 
rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; 
- korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va 
foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab 
chiqarishni jonlantirishga turtki berish; 
- soliq tushumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk 
solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv 
tizimini joriy etish. 
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati konsepsiyasining 
maqsadi 
iqtisodiyotni 
barqaror 
rivojlantirish, 
ijtimoiy 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush 
farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat.
Moliya strategiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini 
oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib 
topishda namoyon bо‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga 
butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bо‘ladi va endilikda aholi turmush 
darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini moliya resurslardan samarali foydalanish 
yо‘nalishlarini belgilaydi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə