1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
1-mavzu. sirtqi

2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan 
iborat: 
-byudjet siyosati; 
-soliq siyosati; 
-pul siyosati; 
-kredit siyosati; 
-baho siyosati; 
-investitsion siyosat; 
-ijtimoiy moliyaviy siyosat; 
-boj siyosati. 
О‘z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini 
amalga oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni 
о‘ynaydi. Bir vaqtning о‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy 
- yо‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh 
yо‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) 
davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan 
moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida 
boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir
. Mamlakatning sub’ektlari 
darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari 
cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. 
Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida 
davlatning byudjet 
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida 
hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini 
belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi.
О‘zining hajmi va 
muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat 
byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari 


29 
funksiyalarini, 
mamlakat 
sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi 
prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini va 
xokazolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM 
hissasini 
aniqlashda, 
mamlakat 
yuqori 
va 
quyi 
organlarining 
о‘zaro 
munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi 
byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet 
defitsitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi. 
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat 
hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida 
konsentratsiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag‘larining harakati о‘z ifodasini 
topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul 
resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. 
Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan kо‘p 
mablag‘ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi 
favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy 
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning 
daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning 
yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning 
qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. 
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga 
s
oliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi
nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə