1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
1-mavzu. sirtqi

Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bо‘lsa, bu 
narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish 
borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy 
siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 
-raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat 
kо‘rsatishiga) erishish; 
-yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan 


23 
qochib qutilish; 
-raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lider bо‘lishga) erishish; 
-korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; 
-korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish; 
-ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; 
-foydani maksimallashtirish; 
-xarajatlarni minimallashtirish; 
-rentabelli faoliyatni ta’minlash; 
-va boshqalar. 
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng 
avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan 
maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. 
Moliyaviy siyosat moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita 
mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq 
metodlari, moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish 
bilan yagona joyga bog‘lashga imkon beradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida 
moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi 
prinsiplar asosida quriladi: 
-moliya tizimi bо‘g‘inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib 
moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; 
-barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; 
-barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy 
boshqarish. 
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq 
etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: 
-pirovard maqsadga bog‘liqlik; 
-xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi 
(muvozanatliligi, mutanosibligi); 
-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi); 
-real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni 
hisobga olish. 
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari 
va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni 
mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga 
yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida 
moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya 
qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi. 
О‘z-о‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas. 
Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) 
manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq 
vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish 
(korrektirovka qilish) bо‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun 
jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan 
(taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bо‘lgan 


24 
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin 
yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim. 
Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning 
aniq mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun 
qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va 
hayotning о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (yuqori darajada) hisobga 
oladigan bо‘lsa, uning natijaliligi shuncha yuqori bо‘ladi. 
Bir vaqtning о‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) 
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli 
qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan 
ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda 
ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy 
siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir 
kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining 
ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq. 
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini 
shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy 
resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq 
ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning 
moliyaviy ahvoli tо‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik 
davlatda moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli 
bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida beriladigan, hamma 
olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog‘i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan moliyaviy 
munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə