1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
1-mavzu. sirtqi

Shunday qilib, boshqaruv tizimini 
barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi 
yagona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. 
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat 
tarixi uchun mutlaqo yangi bо‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga 
о‘tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga 
kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy 
siyosatni etarli darajada samarali bо‘lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki 
chor Rsssiyasidan, fuqarolar urushidan, chet el harbiy intervensiyasidan meros 
bо‘lib qolgan favquloddagi murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar 


27 
Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy 
salohiyatni yaratishga muvaffaq bо‘ldi, urushda g‘alaba qozondi va qiyosiy qisqa 
muddatlarda urushdan vayron bо‘lgan xalq xо‘jaligini tikladi. 
Jahon urushidan keyingi yillarda sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb 
mamlakatlari va eng avvalo, AQSH bilan qurollanish poygasi va kosmosni 
rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi. 
Bir vaqtning о‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi 
moliyaviy yordamlar kо‘rsatildi: 
-ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yо‘nalishni) ta’minlash 
uchun; 
-ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish 
uchun; 
-kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini 
mustahkamlash uchun. 
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz 
qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi 
qazilma-boyliklarini о‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga 
qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bо‘lishini 
taqoza etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni о‘zlashtirish, о‘sha 
tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq tо‘lashning oshirilgan 
normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz 
quvurlarini qurish bilan birgalikda davom etdi. 
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bо‘lib turgan paytlarda ularni 
eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. SHunday bо‘lishiga 
qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli 
tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat 
kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. 
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi 
davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish 
unchalik tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasi 
oshganligining deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday 
bо‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq tо‘lashning 
darajasiga va qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va 
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga 
bog‘liq. 
Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu 
sohada band edi) mehnatga haq tо‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq 
bо‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bо‘lgan aholi ham о‘zining iste’mol 
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. SHuning uchun ham iste’mol 
bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya 
siyosatining samaradorligini salbiy baholashning sababidir. 
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va 
qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga 
egadir: 
-taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini tanlash, ya’ni moliyaviy 


28 
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash; 
-yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik 
darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy 
resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash; 
-birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash 
va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor 
yо‘nalishlarini belgilash; 
-moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. 
Moliyaviy siyosat kо‘p о‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy 
holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan 
nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni 
boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat 
munosabatlarining elementlari bо‘yicha differensiatsiya qilinishi (tabaqalanishi) 
moliya tizimining rivojlan-ganligiga va uning ayrim (alohida) bо‘g‘inlarining 
mustaqilligiga bog‘liq bо‘ladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə