1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
1-mavzu. sirtqi

moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va 
metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. 
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi 
uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan davlat 
organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir 
necha xavfni mujassam etadi.
Buning boisi shundaki, illiy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g‘risidagi 
jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va 
funksiyalari 
ham 
о‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat 
iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarini tenglashtirish va shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va 
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha 
qolmoqda.
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish 


22 
vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-
о‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan 
mamlakatning aholisi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari о‘rtasida 
qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi. 
Masalan, kо‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat 
organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali 
ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga 
olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansayu, moliyaviy siyosat 
uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari 
uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat 
hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq 
etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: 
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan 
hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, 
balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak; 
-ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining 
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 
-uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining 
moliyaviy siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining 
barcha bо‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan 
(mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak.
Xorijiy 
tajribalarning 
kо‘rsatishicha, 
moliyaviy 
resurslarning 
balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish 
mamlakat moliya tizimining о‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi 
va vayron bо‘lishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati shundan 
iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va 
iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan 
bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat 
daromadlarining manbaini kо‘paytirib, moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng yuqori 
natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng 
asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi 
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish 
moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə