17
Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog‘lomlashib
borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. SHunga mos ravishda soliqqa
tortiladigan baza (asos) о‘sadi va jamg‘armalar hissasi oshadi. Jamg‘armalar ssuda
kapitalining asosini tashkil etib, о‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga о‘z ijobiy ta’sirini kо‘rsatadi.
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab)
qо‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot о‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday
mamlakatlar ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng nisbatan boyroq bо‘lgan
mamlakatlarning ta’siri ostida bо‘lib qoladi.
Chunki mamlakat ichki manbalarining
qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. О‘z navbatida, tashqi qarzlarni
qaytarishning manbai bо‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin.
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari
buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning
barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish
deb atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi
kambag‘al qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha ravishda
majburiyatlarni о‘z
zimmasiga olsa, bu ham sog‘lom takror ishlab chiqarish
jarayonlarining buzilganligidan darak beradi.
Markazlashtirilgan
rejali
tizimni
bozor
mexanizmi
bilan
tо‘liq
almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin
emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati,
sanoatning
tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak.
Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa olish о‘z davlatchiligiga va
faniga ega bо‘lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab,
kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish
kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham
e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining о‘ziga xos
xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham о‘z
ta’sirini kо‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: