1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1-mavzu. sirtqi

xokazo) ham mavjudligi bilan; 
-aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash 
bilan. 
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” 
daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi 
tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar milliy daromadddan 
foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun 
xizmat qiladi. 
Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya 
milliy daromadni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning 
yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya qilinishiga (aylanishiga, 
о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi.
Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va 
moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining о‘lchami va 
ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va 
iste’mol predmetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi 
kerak. 
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni 
tarkibiy о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, 
transport, energetika va xokazo) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam 
ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg‘iz va kо‘p bolali onalar va 
xokazo) foydasiga amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, milliy daromadni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, 
mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy 
guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi. 
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va milliy daromadni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni 
mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli bо‘lishini 
ta’minlashdan iboratdir.
Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga 
erishish, moliya-xо‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xо‘jalik yurituvchi 
subektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini 
oshirish vazifalariga bо‘ysundirilgan. 
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina milliy 
daromadni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning 
jamg‘arilishiga, iste’mol sohasiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shu ma’noda, moliya 
iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy 


14 
infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va xokazolarni rivojlantirishda hal 
qiluvchi rolni о‘ynaydi. 
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi: 
-xо‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari 
darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga; 
- xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida 
qayta taqsimlashni sodir etishga; 
- xо‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar 
tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib 
beradi. 
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning 
instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv 
ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga 
taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat 
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. 
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil 
etadi.
Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul 
mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga 
kelayotganligi, xо‘jalik yurituvchi subektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning 
о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega 
bо‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, 
moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu 
narsa 
yuqoridagi 
har 
ikki 
funksiya 
koordinatsiya 
qilinishining 
(muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g‘risida darak berayotir. 
Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi 
ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-
texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlarida 
ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, 
moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor 
foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik 
va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy 
masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq 
xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va 
tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi subekt-larning о‘zaro majburiyatlari 
bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi. 
Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat 
funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari 
moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar 
qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor 
munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, moliyaviy 


15 
nazoratning shakl va metodlari keskin о‘zgaradi. 
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu 
mexanizm milliy xо‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining 
majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘-lari fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini,
moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni о‘z
ichiga oladi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan 
moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik yurituvchi subektlar va 
aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va 
boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tegishlidir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə