1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1-mavzu. sirtqi

 
 
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Moliya kategoriyasiga ta’rif bering va zaruratini izohlang.
2. Qanday pul munosabatlari moliyaviy munosabatlarga taalluqli hisoblanadi?
3. Moliyaning asosiy funksiyalari qaysilar va ularning ahamiyatini tushuntirib 
bering.
4. Moliya kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan qanday bog‘liqlikda?
 
 
 


12 
Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari 
(davomi) 
Reja 
 
1. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab 
chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining 
ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni.
2.Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va 
kredit. Moliya va ish haqi.
3.Moliya va soliq. Ularning о‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning 
taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning о‘zaro bog‘liqligi.
Moliyaning funksiyalari 
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya 
quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 
1.Taqsimlash; 
2.Nazorat. 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har 
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash 
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga 
ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy 
funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan 
taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni 
taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta 
taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli 
darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini 
boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. 
Unga taqsimlashning turli 
kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va 
boshqalar) tug‘diruvchi kо‘p bosqichlilik xosdir. 
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy 
yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir 
bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar 
Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash 
jarayonida shakllanadi.
Ular ikki guruhga bо‘linadi: 
-moddiy ishlab 
chiqarish 
sohasida 
band 
bо‘lgan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi, fermer va xokazolarning daromadlari; 
-moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. 
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini 
ta’minlay olmaydi. 
Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda 
milliy 
daromad
ni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali 


13 
va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta 
taqsimlash bilan;
-ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining 
(maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə