1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix13.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-mavzu. sirtqi

Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining 
о‘ziga xos bо‘g‘ini hisoblanadi.
Uning о‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan 
fondlariga mablag‘larni jalb qilish bо‘yicha moliya-kredit munosabatlarining 
alohida shakllari bilan belgilanadi.
Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi pul 
munosabatlarining о‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, 
mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham 
maydonga chiqadi. 
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida 
davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, 
ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant 
(kafil) bо‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). Shunday bо‘lishiga qaramasdan, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va 
tо‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. 
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat 
о‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda 
о‘sishi bilan bog‘liq bо‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan 
byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri 
bilan о‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va 
mahalliy moliya” bо‘g‘ini tо‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng 
mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank 
tizimini ham о‘z tarkibiga qо‘shmog‘i lozim. 
Xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. 
Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar 
moliyasi deb ham atash mumkin
. Moliya tizimining ana shu sohasida 
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan 
о‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi 
byudjetlar va maqsadli fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning 
о‘zida byudjet (moliyaviy) mablag‘lar(i)ning katta qismi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 
byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida 
korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yо‘naltirilishi 
mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, 
moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va 
tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar 
moliyasi kabi bо‘g‘inlardan tashkil topadi
. Bu guruhga kiruvchi xо‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 


41 
daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, о‘z zimmalariga 
olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda о‘ziga xos bо‘lgan 
xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning о‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari 
moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu erda moliyaviy resurslarning asosiy 
qismi shakllantiriladi. 
Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar 
moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar о‘zlarining faoliyatlarini tijorat 
asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari о‘z 
daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va 
ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni 
sotishdan olingan tushumni ularning о‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, о‘zlarining 
ixtiyoriga kо‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni 
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar 
emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari - 
foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bо‘lgan mablag‘larni qidirib 
topadilar. 
Korxonalar davlatning mayda - chuyda aralashuvidan ozod bо‘lib, shu bilan 
birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham 
keskin oshirilgan. 
Bir vaqtning о‘zida mamlakatning xо‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat 
bо‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga 
qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham 
mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yо‘naltirilgan. 
Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta 
masshtablarga ega bо‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda о‘sib borayotgan notijorat 
sektori ham kiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə