1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari


– mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
14– mavzu. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan 
hamkorligida demokratik tamoyillariga asoslanishi. 
REJA: 
1.
O’zbekison va jahon hamjamiyati. 
2.
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatidagi huquqiy-siyosiy hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. 
3.
O’zbekistonning MDH davlatlari bilan o’zaro hamkorligi.
4.
ShHT, Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va o’zar hamkorlik. 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z tashqi siyosatimizni xalqaro
hamjamiyatning to’laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega 
bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. 
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan 
hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir-biriga 
bog’lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo’lning markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan 
buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda. 
Ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z 
aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni 
davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy 
aloqalardan guvohlik beradi. 
Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri 
mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning 
nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka 
bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat 
hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan 
boshqa hech narsa yo’q edi. 
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 
tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og’ishmay amalga 
oshirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 


-mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, 
tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 
nizolarni tinch yo’l bilan hal etish; 
-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
-inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 
-ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqnin
umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; 
-tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 
-davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi; 
-tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik va boshqalar. 
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi 
ma’ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko’rsatib 
o’tildi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga quyish, etakchi 
xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish 
bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta’kidlandi. 
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos 
ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy salohiyati, unga xizmat 
qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik 
rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich 
yaratilishiga kafolat beradi. 
O’zbekiston Konstitutsiyasi «O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari 
to’g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy an’analarni davom ettiradi. Mazkur an’analarga 
ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo’lib, O’zbekiston o’zining xalqaro 
huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda. 
Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon 
berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan 
olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo’l ochdi. 
BMT ustavi, Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari haqidagi 
boshqa 
xalqaro 
paktlar, 
Xelsinki 
bitimlari, 
Parij 
va 
Madrid 
xartiyalari 
qoidalari 
Konstitutsiyamizdagi xalqaro huquq printsiplari va normalariga asos bo’ldi. Bunday 
konstitutsiyaviy yondashuv, ayniqsa Konstitutsiyaning muqaddimasida, 4-bobida, ikkinchi bo’limda 
22,23 va 26-bobda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu boblarning tegishli ravishda, «Tashqi siyosat», 
«Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari», «O’zbekiston 
Respublikasining sud hokimiyati», «Saylov tizimi», «Mudofaa va xavfsizlik» deb nomlanishi ham 
fikrimizning dalilidir. 
XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’g’rofiy-siyosiy 
tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam 
qo’ydi. Bu davr o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu davlatlar, xalqlar o’rtasidagi 
yaqinlashuv jarayonlari va har tomonlama hamkorlikning kuchayishi, yaxlit bo’lgan siyosiy, 
iqtisodiy va huquqiy makonlarning vujudga kelishi, hozirgi zamon xalqaro huquq normalarining 


yaratilishidir. Ikkinchidan, «sotsialistik lager»ning emirilishi, totalitar tuzumdagi davlatlarning 
tugatilishi, ular o’rnida mustaqil davlatlarning paydo bo’lishidir. 
Prezidentimiz «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’li» kitobida O’zbekiston 
Respublikasi tashqi siyosatining kontseptsiyasi to’g’risida, tashqi siyosiy yo’l, bu yo’lning huquqiy 
negizi va uni amalga oshirish vositalari haqida to’xtalib o’tgan. O’zbekiston tashqi siyosatining 
strategik yo’li, asosiy qoidalari va maqsadlari, uning ustuvor va mintaqaviy yo’nalishlari, 
xususiyatlari negizida respublikaning milliy manfaatlari joy olgan. Har qanday siyosat aql-idrok 
bilan ish tutishni taqozo etadi. Rivojlanayotgan, tez taraqqiy etish uchun kuchli ilmiy, sanoat kuch-
quvvatiga ega bo’lgan mamlakatning tashqi siyosati ehtiroslardan xoli bo’lishi lozim. 
Respublikamiz ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. Yangi xalqaro iqtisodiy tartib uchun harakat 
qilish qoidalari O’zbekiston uchun ham diqqatga molik masaladir. Bu xom ashyo va sanoat 
mahsulotlari narx-navolarining adolatli bo’lgan nisbati, rivojlanayotgan davlatlarning fan va texnika 
yutuqlaridan bahramand bo’lish imkoniyati va hokazolardir. 
Tashqi siyosat faoliyat uchun huquqiy negiz yaratish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Ushbu 
maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirildi: 
-yangi xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi: 
-sobiq Ittifoq ishtirokchi bo’lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuqtai 
nazaridan o’rganildi: 
-O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi: 
-mamlakat xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan qonunlarni ishlab chiqish va qabul 
qilish. «Qabul qilingan xalqaro shartnomalar to’g’risida»gi qonun, «Konsullik ustavi» shular 
jumlasidandir. Ulardan tashqari bojxona xizmatining huquqiy asoslarini yaratuvchi qonunlar, Havo 
kodeksi ham qabul qilndi. Yurtboshimiz I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va 
taraqqiyot yo’li» kitobining tashqi siyosatga bag’ishlangan bobida ushbu faoliyat yo’nalishlari aniq-
ravshan ifodalab berilgan. Jumladan, kitobda milliy manfaatlar O’zbekiston tashqi siyosatining 
ustuvor maqsadi ekanligi qat’iy bayon etilgan. 
Manfaat, bu zaruriy ehtiyojdir. Ehtiyojlar esa birinchi galda O’zbekiston uchun taraqqiyotning 
muayyan jug’rofiy va tabiiy, iqlimiy, demografik holatimiz, xalqimizning ko’p millatli tarkibi, 
uning tarixiy va madaniy merosi, ma’naviyat omili, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining 
darajasi, xom ashyo va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanganlik, davlatning xalqaro 
munosabatlardagi o’rni va hokazolardir. Bu omillar O’zbekistonning ehtiyojlarini belgilaydi. 
Ehtiyojlar esa manfaatlarda o’z ifodasini topadi. Davlat manfaatlari uning tashqi siyosiy faoliyatini 
belgilaydi. Shu jihatdan, O’zbekistonning tashqi siyosiy manfaatlari xalqaro aloqalarni 
rivojlantirayotgan, uning tuzilmalari va faoliyatini belgilab berayotgan kuchdir. 
Barcha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilishda davlatimizning milliy manfaatlaridan 
kelib chiqiladi. Tabiiyki, bunda sheriklarimiz manfaatlari, ular tashqi siyosatining ustuvor 
yo’nalishlari hisobga olinishi zarur. Zero, o’zaro uzviy bog’liqliksiz tashqi siyosatni tasavvur etib 
bo’lmaydi. 
O’zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika 
tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, 
xo’jalik aloqalarini o’rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy 
hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar. 
Respublika Prezidenti davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmasdan xalqaro talablarga rioya etishga 
tayyorligini qat’iy tasdiqladi. Bu talablarga rioya etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib 
bo’lmaydi. Bu erda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi 
va Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish bilan 
tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining milliy qonunlardan ustuvorligi va 
hokazolar to’g’risida gap bormoqda. Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday 
yondashuv tarafdoridir. 


Bugungi kunda o’z mustaqil tashqi siyosatini konstitutsiyaviy qoidalarga tayanib yuritayotgan 
O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati 
davlatlarning suveren tengligi-yu kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch 
yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Mamlakatimiz Asosiy qonunining 
17-moddasida ochiq-ravshan aytilgan. 
O’zbekiston butun dunyo ko’z o’ngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega 
bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar 
huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar 
osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar 
ham bab-baravardir. 
O’zbekiston taraqqiyotning konstitutsiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. 
Xalqimizning ma’naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zahiralari, mustahkamlanib 
borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur 
bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligiga ishonch tug’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda 
yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi. 
XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o’zgardi. Sovet Ittifoqi 
xalqlari hamda sobiq «sotsialistik hamdo’stlik»dagi boshqa davlatlar bir partiyaviylik tizimi va 
markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik 
ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida 
demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy 
Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy 
tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga 
oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, Shimoliy yarim sharining kattaroq 
qismi - Evropa, Shimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy 
tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o’xshash qadriyatlarga e’tiqod qiluvchi, shu jumladan, 
global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi. 
«Birinchi» va «ikkinchi» dunyolar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham berilgandan so’ng 
avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerika, Osiyodagi o’z tarafdorini qo’llab-quvvatlashdan 
to’xtadilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va 
natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan maxrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberiya, 
Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning 
ko’pchiligi esa, masalan, Efiopiya, Nikaragua, Jazoir avtoritarizmdan voz kecha boshlashdi. 
«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qit’alarda kechgan keng 
miqyosli demokratiyalashtirish jarayoni 80-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Braziliya, 
Argentina, Chili boshqaruvning harbiy-avtoritar shaklidan fuqarolik-parlamentar shakllariga 
o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi. Ushbu jarayonning e’tiborli 
natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari 
boshliqlarining uchrashuvida qatnashgan 34ta davlat rahbari o’z davlatlarining demokartik yo’l 
bilan saylangan liderlari edilar. Shunga o’xshash demokratiklashtirish jarayonlari Osiyo Tinch 
okeani hududi - Filippin, Tayvan, Janubiy Koreya, Tailandda kuzatildi. 1998 yilda Pokistonda 
harbiy tuzum o’rniga saylangan hukumat keldi. Janubiy Afrika respublikasining aparteid 
siyosatidan voz kechishi demokratiyaga qarab yo’l olinganligini ko’rsatdi. Afrikaning boshqa 
joylarida avtoritarizm jarayoni anchagina sekin kechdi. Biroq inqirozga uchrashi, Gana, Benin, 
Keniya, Zimbabveda demokratik islohotlarning ma’lum darajada oldinga siljishi demokratiyalashuv 
to’lqini bu qit’aga ham ta’sir qilmasdan o’tmaganini ko’rsatadi. 
Aytib o’tish lozimki, demokratiya etuklikning bir necha darajasiga ega. Bu frantsuz hamda 
amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatlarning rivojlanishida 
yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlarida yoki sobiq ittifoq o’rnida paydo bo’lgan 
yangi mustaqil davlatlarning ayrimlarida muntazam ko’ppartiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega 
bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G’arbiy Evropa tipidagi etuk demokratiya 
shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolnning demokratiyaga bergan «xalq tanlagan 


saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi» ta’rifidan kelib 
chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.
80-yillar oxiri - 90-yillar boshlarida ijtimoiy-siyosiy modellarning global almashinuv jarayoni 
turli davlatlarda turlicha kechgan bo’lsa-da, uning er yuzini yarmidan ko’pini qamrab olganligi bois, 
jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o’zgarishi to’g’risida xulosa qilish mumkin 
bo’ladi. Jamiyatlarni tashkil etishning demokratik shaklli tafovutlar, ba’zan esa muayyan davlatlar 
o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlardan ham xoli emas. Masalan, bugungi kunda Hindiston va 
Pokiston, Gretsiya va Turkiyada parlamentar boshqaruv joriy etilgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi 
munosabatlarda xavfli keskinlik mavjud. Rossiya kommunizmdan demokratiyaga qarab ancha yo’l 
bosib o’tgan bo’lsa-da, baribir, aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam Husayn, Slobadan 
Miloshovich tuzumlariga qarshi harbiy kuchni ishlatish masalalari bo’yicha Evropa davlatlari va 
AQSh bilan oralarida kelishmovchilik bor. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-
birlari bilan urush qilishmagan. 
Albatta, ko’p narsa «demokratiya» va «urush» tushunchalarining qanday ta’riflanishiga bog’liq. 
Olamda davlat, qachonki uning ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari saylovlar yo’li bilan 
shakllantirilgan bo’lsa - demokratik hisoblanadi. Bu degani, ana shunday saylovlarda eng kamida 
bir-biridan mustaqil ikkita partiya ishtirok etsa, katta yoshdagi axolini kamida yarim ovoz berish 
huquqiga ega bo’lsa va hokimiyatning bir partiyadan ikkinchisiga o’tishi kamida bir marta tinch 
konstitutsion yo’l bilan amalga oshirilgan bo’lsa. 
Jahon tarixining tadqiq etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratiyalar avtoritar tuzumlar bilan 
urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlatlar bilan ziddiyatlarga borsalar ham, 
xech qachon bu narsa urushgcha etib bormagan. Vestfal tizimi mavjud davr mobaynida demokratik 
davlatlar o’trasidagi munosabatlar tor doira bo’lganligi va ularning hamjixat bo’lishlariga avtoritar 
davlatlar ta’sir etganligini ko’rsatuvchi tanqidchilarda bunga ma’lum bir asos bor ekanligini tan 
olish zarur. Avtoritar davlatlar tomonidan tahdidning yo’qolishi yoki kamayishi bilan demokratik 
davlatlar bir-birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham noma’lum. 
Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o’zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat 
buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyani kengayishi dunyo global zonasining 
ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizmining 
Vestfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir. 
Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o’trasidagi nisbatning o’zgarishi amerikalik 
tadqiqotchi F.Fukuyamaning demokratiya g’alabasini ovoza qilishiga hamda shu ma’noda tarixiy 
formatsiyalar o’rtasidagi kurash sifatida «tarixning yakunlanganligi» tug’risida e’lon qilishga asos 
bo’lib xizmat qildi. Biroq, demokratiyaning keng miqyosda yoyilib borayotgani uning to’liq 
g’alabasi degani emas. Kommunizm biroz o’zgartirilgan ko’rinishda bo’lsa-da, Xitoy, Vetnam, 
Shimoliy Koreya, Laos, Kubada saqlanib qolindi uning izlarini Sobiq Ittifoqning ayrim davlatlarida, 
Serbiyada sezish mumkin. 
Shimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti 
elementlari paydo bo’lmoqda, ular u yoki ma’noda jahon iqtisodiy tizimiga jalb etilmoqda. Saqlanib 
qolgan ayrim kommunistik davlatlarning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari «sinfiy kurash» 
tamoyilidan ko’ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar uchun ochiq bo’lishlik siyosiy erkinliklarni 
kengaytirishni talab etuvchi ijtimoiy kuchlarni yuzaga chiqaradi. Biroq, bir partiyaviylik tizimi 
teskari tomonga qarab ish olib bormoqda. Natijada liberalizmdan avtoritarizmga, avtoritarizmdan 
tiberalizmga qarab harakat qiluvchi «argimchoq» effektini kuzatish mumkin. XX asr tajribasi 
ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u 
demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ladi. Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o’rtasidagi 
harbiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o’rtasidagi munosabatlar bo’la olmasligi 
xususidagi fikrlar asoslagandir.
Hozirgi kunda dunyoda avtoritar tuzumdagi bir qancha davlatlar mavjud. Avtoritar tuzumda 
bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni ekstremistik mazmundagi «islomiy» mamlakatlar - Eron, 
Sudan, Afg’oniston egallaydi. «Islom fundamentalizmi» nomi bilan ataluvchi islom ekstremizmi 


xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z ta’sirini o’tkazish uchun imkon 
bermoqda. 
G’arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo’ravonlikka yo’l qo’yuvchi ushbu mafkuraviy 
oqim so’nggi yillarda Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari axolisi va musulmon aholisi yuqori 
bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan. 
Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan 
farqli o’laroq, islom siyosiy ekstremizmi dinamik va Saudiya Arabistoni, Fors ko’rfasi 
mamlakatlari, Pokiston, Turkiya, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda. 
Avtoritar davlatlarning saqlab qolinishi yoki ular sonining ortishi, extimol, ular o’rtasidagi, 
shuningdek, demokratik dunyo bilan o’rtalarida harbiy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. 
Albatta, xalqaro munosabatlarning kelgusidagi rivojini tadqiq etishda demokratiya o’rtasidagi 
munosabatlar qonuniyatlarini, demokratiyaning avtoritar tuzumlarga ta’sirini yaxshilab tahlil etish 
lozim bo’ladi. 
Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon hamjamiyati
tomonidan e’tirof etilgan demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o’ztashqi siyosatini 
yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralmashmaslik va davlatlarning suvereniteti hududiy yaxlitligni 
hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston o’z diplomatiyasini yuqoridagi qadriyatlar 
asosida olib bormoqda. 
Iqtisodiy 
islohotlarni 
amalga 
oshirishda, 
O’zbekistonning 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvini ta’minlashda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya 
korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar 
bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. O’zbekiston xalq xo’jaligidagi aniq loyihalarga 
sarflanayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori yildan-yilga ortib borayapti. Keyngi yillarda qad 
ko’tarayotgan zamonaviy inshootlar va yirik korxonalar bunga misol bo’la oladi. 
O’zbekistonda investitsion muhitni shakllantirish, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot vujudga 
keltirish bo’yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni 
izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan bog’lovchi 
kommunikatsion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Chet ellardagi taniqli 
iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va 
jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O’zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg’or davlatlardan 
biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar. 
Mamlakatimizning boy er osti va usti resurslari, malakali mutaxassislari, Markaziy Osiyodagi 
etakchi mavqei ham jahon davlatlarini hamkorlikka undamoqda. O’zbekiston hozirgi paytda 130dan 
ortiq xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq qiladi. Yurtimizdagi 15 mingga yaqin korxona 
mahsulotlar eksport-impori bilan shug’ullanmoqda. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda 
xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o’ziga xos kafolati ekanligi 
hech kimga sir emas. 
O’zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar- Evropada xavfsizlik va ;amkorlik tashkiloti (EXHT), 
Iqtisodiy hamkorlik tashkildoti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, Evropa Ittifoqi, NATO bilan 
esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik 
yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga 
munosib hissa qo’shmoqda. AQSh va boshqa etakchi davlatlar askarlari bilan birgalikda har yili 
o’tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli kuchlarimiz uchun o’ziga xos mahorat maktabi bo’layapti.
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari va hukumat 
boshliqlarining Istambul shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi davrimizning eng muhim 
anjumanlaridan bir bo’ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi, aniq takliflari 
va mulohazalari bilan yig’ilganlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa terrorizmga qarshi kurash bo’yicha 
xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklif ko’plab davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi doirasida ana shunday markazning ta’sis etilishiga ham 
O’zbekiston rahbariyatining taklifi sabab bo’ldi. 


O’zbekiston o’zining tashqi aloqalarini ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama asosda 
tashkil etish tarafdoridir. Bugungi kunda er yuzining turli chekkalarida ishonchli va manfaatdor 
sheriklarimiz bor. Ularning doirasi muntazam kengayib bormoqda. Shu o’rinda Amerika Qo’shma 
Shtatlari bilan munosabatlarimizni tilga olishimiz mumkin. Bu munosabatlar ikkala davlatlar uchun 
ham muhim bo’lgan yo’nalishlarda izchillik bila rivojlanib bormoqda. O’zbekiston rasmiy 
hay’atining 2002 yilda AQShga tashrifi, strategik hamkorlikni vujudga kelishi va imzolangan 
hujjatlar, bir qator xalqaro anjumanlarda ikki davlat rahbarining o’zaro muloqotlari, samimiy 
yozishmalar o’zaro aloqalar darajasidan dalolat beradi. Dunyoning etakchi davlati, juda katta 
siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo’lgan AQSh bilan har 
tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim 
ahamiyatga ega. 
Evropa Ittifoqi bilan 1996 yilda imzolangan sheriklik va hamkorlik haqidagi shartnoma 1999 
yilning 1 iyulida kuchga kirdi. Mamlakatimizning Evropa davlatlari bilan keng miqyosli aloqalari 
uchun qulay imkoniyat vujudga keldi. Tabiiyki, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi ilg’or 
davlatlarning demokratik jamiyat qurish borasidagi tajribalari, ishlab chiqarishdagi ilg’or 
texnologiyalari biz uchun muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari- Yaponiya, Koreya 
Respublikasi, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalarimiz kengaydi. O’zaro manfaatli 
hamkorligimiz samaralarini birga qurilayotgan korxonalarda, qad ko’tarayotgan inshootlarda, 
bozorlarimizdagi xilma-xil mahsulotlarda ko’rish mumkin. 
Albatta, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlar, shu jumladan, Markaziy Osiyo 
respublikalari bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. 
Bunga sabab, Hamdo’stlik mamlakatlarimizning hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan 
bog’langanligigina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tarixiy 
davr mobaynida xalqlarimizning mushtarak taqdirga ega bo’lganligidir. 
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida shakllangan o’zaro manfaatli va teng huquqli 
hamkorlik yaxshi samara berayotganligini alohida ta’kidlash zarur. Ikki mamlakat o’rtasida 
diplomatik munosabatlar o’rnatilgan 1992 yildan buyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa 
sohalarda jami 150 dan ortiq hujjat imzolangan. 1998 yil may oyida I.Karimovning Rossiyaga va 
o’sha yil oktyabrida B.Eltsinning mamlakatimizga rasmiy tashriflari, safar davomida qabul qilingan 
hujjatlar, ayniqsa, 1998-2007 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi shartnoma 
o’zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. V.Putin prezident sifatida ilk 
safarni O’zbekistondan boshlaganligi ham Rossiya rahbariyati mamlakatimizni o’zining strategik 
sheriklaridan biri, Markaziy Osiyodagi etakchi davlat deb bilishidan dalolat beradi. 
O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tashkil etish haqida 
imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integratsiyasi yo’lidagi ilk qadam bo’lgan edi. 1998 yili bu 
shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi. Hozirgacha o’zaro hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat 
imzolandi. Endilikda Davlatlararo kengash ishlab turibdi, Hamdo’stlik dasturlarini ro’yobga 
chiqarish bo’yicha ijroiya qo’mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. 
Mazkur integratsiya xalqimizning manfaatlariga to’la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va 
tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. 2000 yil 20-21 aprel kunlari O’zbekiston, Qozog’iston, 
Qirg’iziston va Tojikiston prezidentlarining Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi chog’ida 
imzolangan terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
kurash yuzasidan birgalikdagi harakatlar to’g’risidagi shartnoma bunga misol bo’la oladi. 
Mamlakatimiz rahbari o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida tarixni mojarolar va adovat emas, balki 
xalqlar o’rtasida hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantiradi, deb ta’kidlagan edi. O’zbekistonning 
keng miqyosli xalqaro aloqalari ana shu fikrning amaliy ifodasidir. 
Bugungi kunda O’zbekistonda demokratik jarayonlarni shunchaki e’tirof etish emas, balki
uni har tomonlama rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Chunki 
demokratik qadriyatlarning qanchalik rivojlanishi, davlatni, xalqni shunchalik taraqqiyotiga olib 
keladi. Demokratik qadriyatlarni himoyalash esa muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun 


O’zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri - minataqviy xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlash, xalqlar tinchiligiga rahna soluvchi terrorizmning har qanday ko’rinishiga 
qat’iy kurash olib borishdan iborat. Davlatimiz ana shu maqsad yo’lida Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, bir qator davlatlararo va nohukumat 
xalqaro tashkilotlar bilan keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirib bormoqda, ayni vaqtda bu 
tashkilotlar ishida faol ishtirok etmoqda. Jahon hamjamiyati O’zbekistonning mintaqa xavfsizligini 
ta’minlash, nizolarni siyosiy choralar bilan bartaraf etish, Markaziy Osiyo mintaqasini yadro 
qurolidan holi xudud deb e’lon qilish, narkobiznesga qarshi kurashda sa’yi harakatlarini 
muvofiqlashtirish, Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasidagi konstruktiv 
tashabbuslarini qo’llab-quvvatlamoqda. 
1997 yil 19-20 iyul kunlari «6+2» guruhining Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi bunga misol 
bo’la oladi. Unda birinchi bor muxolif tomonlarning yuzma-yuz muzokara olib borishlari uchun 
imkon yaratilganligini andjuman yakunida «Afg’oniston mojarosini tinch yo’l bilan hal etishning 
asosiy printsiplari» haqida Deklaratsiyaning qabul qilinishini xalqaro jamoatchilik afg’on zaminida 
tinchlik o’rnatish qaratilgan jiddiy qadam sifatida baholadi. 
Mazkur anjuman O’zbekiston rahbariyatining ko’p yillik sa’yi-harakatlari natijasi bo’ldi. 
Afg’onistondagi urushning o’z vaqtida tinch yo’d bilan hal etilmasligi mintaqaviy va global 
xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini oldindan ko’ra bilgan O’zbekiston Prezidenti Islom 
Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 va 1995 yilllardagi sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik 
va Hamkorlik Tashkiloti sammiti va boshqa qator muhim anjumanlarda xalqaro hamjamiyat diqqat 
e’tiborini afg’on xalqini urush dahshatlaridan xalos etish, mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish 
masalalariga jalb etgan edi. 
O’zbekiston rahbarining Afg’on muammosini hal etish va mintaqa xavfsizligini ta’minlashga 
qaratilgan konstruktiv tashabbuslari BMT shafeligidagi «6+2» guruhining (Eron, Pokiston, 
Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Xitoy hamda AQSh va Rossiya) tashkil etilishiga asos 
bo’ldi. Guruhning birinchi uchrashuvi Nyu-York shahrida 1997 yilda bo’lib o’tgan edi. 
Afg’onistondagi qarama-qarshi tomonlar «6+2» guruhning Toshkent uchrashuvidan keyin ham 
jangovor harakatlarini davom ettirganligi xalqaro jamoatchilikda keskin noroziliklar uyg’otdi. BMT 
Xavfsizlik Kengashi 1999 yil 15 oktyabrda «Tolibon» harakatiga qarshi cheklangan jazo choralarini 
joriy etish haqida rezolyutsiya qabul qildi. Unda o’zini Afg’oniston islom amrligi deb atayotgan 
afg’on guruhi tomonidan xalqaro terrorchilar va ularning tashkilotchilariga boshpana berilib, 
qo’llab-quvvatlanayotganligi qat’iy qoralanib, xalqaro terrorchilikda ayblanayotgan Usama Bin 
Ladenni odil sud hukmiga topshirish talab qilingan edi. 
Afsuski, Afg’oniston zamini hamon qarama-qarshi kuchlar janggohi, xalqaro terrorchilarga 
boshpana beruvchi markaz, narkotik moddalar va qurol-yaroq tarqatish manbai bo’lib qolmoqda. 
Xalqaro terrorchilar zo’ravonlikning dahshatli usullarini qo’llab, begunoh kishilarning hayotiga 
zomin bo’lmoqda, xalqlarning tinchligi va osoyishtaligini buzmoqda. 
BMT Xavfsizlik Kengashi raisi Bosh Assambleyada «Afg’onistondagi vaziyat» masalasi ko’rib 
chiqilishi munosabati bilan 1999 yil 22 oktyabrda Kengash a’zolari nomidan Bayonot e’lon qildi. 
Unda afg’on mojarosini tinch yo’l bilan xal etish yo’llari ko’rsatib berilgan Toshkent Deklaratsiyasi 
qo’llab-quvvatlandi. 
Xavfsizlik Kengashi 1999 yil 19 iyulda «6+2» guruhning Toshkent uchrashuvida qabul qilingan 
«Afg’oniston mojarosini tinch yo’l bilan hal etishning asosiy printsiplari» haqidagi Deklaratsiyani, 
ayniqsa, guruh a’zolarining Afg’onistondagi qarama-qarshi tomonlarga hech qanday harbiy yordam 
ko’rsatmaslik va o’z hududlaridan bunday maqsadlar uchun foydalanishning oldini olish borasidagi 
kelishuvini qo’llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik Kengashi BMTning afg’on muammosini tinch yo’l bilan 
hal etishdagi sa’yi harakatlari yo’lida mazkur guruhning barcha a’zolarini va Afg’onistondagi 
qarama-qarshi kuchlarni ushbu printsiplarga amal qilishga chaqiradi», - deyiladi Bayonotda. 
Ushbu Bayonot orqali jahon hamjamiyati terrorchilik va ekstremizm o’chog’iga, narkobiznes 
markaziga aylanib qolgan insonning eng oliy huquqi - yashash huquqi butunlay poymol etilayotgan, 


ayollar inson o’rnida ko’rilmayotgan, balog’at yoshiga etmagan bolalar askarlikka olinayotgan, 
bema’ni urush tufayli oilalar barbod bo’layotgan voqealardan qattiq tashvishda ekanligini yana bir 
bor izhor etib, «Tolibon» guruhidan bularning barchasiga chek qo’yishni talab etadi. 
Ikkinchi jahon urushining oxirida portlatilgan yadro bombalari insoniyat tarixiy taraqqiyotida 
sifat jihatidan yangi, yadroviy davr boshlanganligidan dalolat berdi. O’ta dahshatli kuchga ega 
bo’lgan bu qurol insoniyat taraxida misli ko’rilmagan ilmiy-texnik qudratni namoyish etish bilan 
birga, jahon xatarli chegaraga yaqinlashganligini, erdagi barcha mavjudodlarning va umuman, er 
qurrasining halokati xavfi tug’ilganligini ko’rsatdi. 
Hozirgi paytda to’plangan ilmiy ma’lumotlar va taxminlar yadroviy portlashlar vujudga 
keltiradigan ekologik fojeaning butun miqyosini namoyon etadi. Agar er yuzida yadroviy urush ro’y 
beradigan bo’lsa, u qurramizdagi eng so’nggi urush bo’ladi. Chunki, atrof-muhitda ro’y beradigan 
falokatli o’zgarishlar insoniyatning er yuzida yashash imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. 
Jahondagi ayrim davlatlar o’rtasidagi harbiy-siyosiy ziddiyatlar ba’zi davlatlarda ommaviy 
qirg’in qurollarining katta miqdorda to’planib qolishi o’zaro nizolar chog’ida yadroviy qurollarni 
qo’llash ehtimolini kuchaytiradi. Shu sababli yadro qurollarini cheklash, yadro sinovlarini 
ta’qiqlash, er yuzining turli nuqtalarida yadroviy quroldan holi hududlar barpo etish harakatlari 
jahon jamoatchiligi tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assombleyasining 48 
sessiyasida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoning yadrosiz zona, deb e’lon qilish tashabbusini 
ilgari surdi. «Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat 
hisobidan ta’minlanishi mumkin emas, - dedi yurtboshimiz o’z nutqida, mintaqa xavfsizligini butun 
jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko’rib bo’lmaydi. Shunga asoslanib, O’zbekiston 
yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi 
shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat 
qiladi.... O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e’lon qilinishining qat’iy 
tarafdoridir». 
Mazkur tashabbus Prezidentimizning 1996 yil dekabrda bo’lib o’tgan EHXT Lissabon 
uchrashuvida so’zlagan nutqida yana bir bor yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Anjuman 
qatnashchilari Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon qilish haqidagi fikrini katta qoniqish 
bilan kutib oldilar. 
1997 yil aprel oyida Jeneva shahrida Markaziy Osiyodagi besh davlat ekspertlari mintaqaviy 
guruhining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’sha yili iyun oyida O’zbekiston hay’ati birinchi bor 
atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilari kengashining Vena 
shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O’zbekiston hay’ati rahbarining rasmiy 
bayonotida O’zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa davlatlarning yadrosiz zona tashkil 
etish borasidagi qarashlari bayon etildi. 
1997 yil 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona» 
mavzuida xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 
dan ortiq kishi ishtirok etdi. Islom Karimovning mazkur anjumandagi nutqida bayon etilgan 
yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari haqidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomonidan to’la 
qo’llab-quvvatlandi. 
Xo’sh, «Yadrosiz zona»ning qanday mezonlari bor? Xalqaro amaliyotda bunday hududlarni 
belgilashning yagona mezoni yo’q. Chunki, har bir mintaqa o’z xususiyati va ahamiyatiga ega. 
Ammo, tadqiqotchilar yadrosiz zona tushunchasini shunday izohlaydilar: «Yadrosiz zona qurol-
yarog’larni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan 
mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlash va 1968 yilda imzolangan yadro qurolini tarqatmaslik 
haqidagi shartnomaning hayotga tatbiq etilishiga ko’maklashish vositasidir. Xalqaro shartnoma 


asosida yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va joylashtirish taqiqlangan, shuningdek, uning 
hududida va unga qarshi yadro qurolini qo’llash taqiqlangan zona - yadrosiz zona hisoblanadi». 
Hozirgi paytda to’rtta yadrosiz zona mavjud - Antarktida (shartnoma 1961 yil 23 iyunda kuchga 
kirgan), Lotin Amerikasi (shartnoma 1969 yil 25 aprelda kuchga kirgan), Tinch okeanining janubiy 
qismi (shartnoma 1986 yil 11 dekabrda kuchga kirgan), Afrika qi’asi. Barcha zonalar haqidagi 
shartnomalar O’zbekiston Respublikasi tomonidan e’tirof etilgan.
Shimoliy Evropada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharqda yadrosiz zonalar barpo etish 
g’oyalari mavjud. Bundan maqsad, yadro quroli mavjud bo’lgan hududlarni cheklash, yadro urushi 
xavfini kamaytirishdir. 
Markaziy Osiyoda yadrosiz zona barpo etish haqidagi O’zbekiston tashabbusi BMT va jahon 
jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining 
sessiyalarida muhokama qilindi va maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. 
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki 
jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda jahon hamjamiyatida iqtisodiy, harbiy qudrat bilan birgalikda mamlakatdagi 
demokratik jarayonlarning xarakteri bilan davlatlarning obro’-e’tibori belgilanmoqda. Shu jihatdan 
olganda, O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar jahon 
hamjamiyatida mustahkam o’rin egallashga va milliy manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat 
yuritishga imkoniyat yaratmoqda. 
XX asrning oxirida. Inqiloblar yuz yilligi jahon sahnasida sotsialistik tuzumning emirilishi bilan 
yakun topdi. Sobiq «qizil imperiya» hududida xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqning 
to’laqonli sub’ektlari - yangi mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Shular qatori, uzoq davlatchilik 
tarixiga ega O’zbekiston Respublikasi ham o’z milliy taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Qadimgi 
madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan yurtimiz yana jahon hamjamiyati va uning ajralmas qismiga 
aylandi. 
Istiqlol qo’lga kiritilgach, yosh davlatimiz oldida tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yo’lga 
qo’yish va shu maqsadda yangi davlat tuzilmalarini tashkil etish masalasi ko’ndalang turardi. 
Chunki, busiz xalqaro hamjamiyatga kirib borish mumkin emas. Zero, O’zbekiston faol tashqi 
siyosat yuritish bilan xalqaro huquqning teng huquqli a’zosi sifatida o’z davlatchiligini qurishi, 
mustaqillikni mustahkamlashi, dunyoda o’zining munosib o’rnini egallashi lozim edi. «O’zbekiston 
yo’li - jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’li» shiori ilgari surildi. 
1944 yilda tashkil etilgan respublika Tashqi ishlar vazirligi faoliyati tubdan isloh qilindi. 
1992 yili Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, 1991 yili Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tashkil 
topdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida diplomatiya, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy 
faoliyat sohasida malakali kadrlar tayyorlashning davlat tizimi yaratildi. Tashqi aloqalar sohasi 
uchun milliy kadrlar tayyorlash maqsadida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 
bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universteti tashkil qilindi. Tashqi iqtisodiy va siyosiy 
faoliyatni tartibga soluvchi «Chet el investitsiyalari to’g’risida» Qonun (1998), «O’zbekiston tashqi 
iqtisodiy faoliyati to’g’risida» Qonun (2000), «O’zbeksiton Respublikasi tashqi siyosiy 
faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida» Qonun (1996), «O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari to’g’risida» Qonun (1995), shuningdek, Konsullik Ustavi, O’zbekiston Respublikasi 
Harbiy doktorinasi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi. 
Mana shunday nazariy va amaliy qadamlar natijasi o’laroq, bugungi kunda davlatimiz 
mustaqilligini 170 ga yaqin mamlakatlar tan oldi. Ularning 120 nafari bilan diplomatik 
munosabatlar o’rnatilgan. O’zbekistonda 43 davlat va 20 ta yirik xalqaro tashkilot missiyalari 
akkreditatsiya qilingan. O’z navbatida, O’zbekiston 40 dan ortiq yirik tashkilotlar hamda 500 dan 
ortiq xalqaro huquq sub’ektlari bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbekistonning xorijiy davlatlarda 
200ga yaqin korxona va vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston 40 ga yaqin davlat 
bilan «Investitsiyalarni himoyalash va rag’batlantirish to’g’risida» shartnoma imzolagan. 
Shunday qilib, hozirgi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi va 
Markaziy Osiyodagi etakchi davlat sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday obro’-e’tibor tarixiy 


davlatchiligimiz, ma’naviyatimiz va oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga hamohangdir. 
O’zbekiston o’zining tinchliksevar, barqarorlikka asoslangan tashqi siyosatini davom ettiradi. 
Buning uchun etarli siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy imkoniyatlari mavjud. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə