1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari


 – mavzu. Demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini-



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
11 – mavzu. Demokratik jamiyat qurishda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o’zini-
o’zini boshqarish organlarining roli. 
REJA: 
1.O’zini o’zi boshqarishning demokratik tamoyillari. 
2.O’zini o’zi boshqarish organlari-fuqarolik jamiyatining asosi. 
3.O’zini o’zi boshqarish huquqiy asoslarini demokratlashtirish 
jarayoni. 
Rivojlangan demokratik mamlakatlarda XX asring ikkinchi yarmidan boshlab davlat 
boshqaruvining nomarkazlashuvi natijasida o’zini o’zi boshqarish organlari jamiyatning asosiy 
institutlaridan biriga aylandi. Mahalliy o’zini o’zi boshqarish (g’arbda «munitsipal» deyiladi) 
deganda, u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi, shuningdek, 
saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy 
ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. 
Mahalliy o’zini o’zi boshqarish demokratik tamoyillar asosidagi boshqaruvdir. Uning asosiy 
belgilari quyidagilardan iborat: mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to’g’ridan to’g’ri 
saylanishi hamda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan o’zini o’zi boshqaruvning nisbatan 


mustaqilligidir. Mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari davlat boshqaruvining unsurlarini tashkil 
etadi. Shu bilan birga, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimiga taalluqli bo’lmaydi. 
G’arb jamiyatshunos olimlari mahalliy o’zini o’zi boshqarishga doir tushunchalarning nazariy 
jihatlarini ham ishlab chiqqanlar. Unga binoan, «mahalliy boshqaruv» deganda davlat 
boshqaruvidan quyidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda esa «saylangan kengash 
va uning ijroiya organlari vositasida o’z saylovchilari manfaatlarini ifoda etuvchi va harakat 
qiluvchi tashkilotlar» tushuniladi. Shuningdek, «mahalliy o’zini o’zi boshqarish» esa «milliy 
boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida 
jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirilishi va boshqarishi»dir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o’zini o’zi boshqarish organlariga 
quyidagi huquqiy ta’rif berildi: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi 
mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlarini 
saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”. 
Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi-
fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, 
ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va 
ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy 
ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Qo’rinib turibdiki
mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari 
rivojlantirildi va ular ilg’or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar darajasida ifodalana 
boshlandi. 
Mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida 
yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi 
ko’lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o’z vakolatlarini demokratik tamoyillar 
asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo’lmoqda.
«Mahalla” arabcha so’zdan kelib chiqib, “shahar ichidagi shahar” ma’nosini anglatadi. 
Tarixchi olim Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla xalqning 
boshqaruvi ekaligini yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki, ma’muriy-hududiy 
tuzilma tarzida ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning “Hayratul-abror” (“Yaxshi kishilarning 
hayratlanishi”) asarida quyidagi band uchraydi: Shaharlar otini mahalot etib, Bo’ldi chu yuz shahar 
Hiri ot etib. Mahallaning “shahar ichidagi shaharcha” degan mazmuni yuqoridagi tashbehdan 
ko’rinib turibdiki, o’rta asrlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha”lar - 
mahallalardan tashkil topgan ekan.
Uzoq yillar mahalla tarixi va sotsiologiyasini tadqiq etgan amerikalik olim D.Karlayl 
quyidagilarni yozadi: ”Oila va do’st-yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo’lib kelgan va 
shundayligicha qoladi. U shaxsiy munosabatlar tamal toshi sanaladi. Ular “sulola” deb ataluvchi, 
kishilarni birlashtiruvchi va ajratuvchi o’ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi. Yaqinlik 
munosabatlariga asoslangan va nasl-nasab printsiplari bilan metinlashgan mahalla o’zbeklar 
dunyoga keladigan, tarbiyalanadigan va odatda o’zining butun hayotini o’tkazadigan joy 
hisoblanadi. Do’stlik barqaror tushuncha bo’lgan mahallada moyillik singdirilgan bo’ladi. Hamma 
mahalla tevaragida parvona bo’lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo’ylab tarqalar, ba’zan esa butun 
boshli mintaqani qamrab olar edi. Bunday an’anaparastlik sharoitida kimningdir tajribasi shaxsiy 
muloqotlar doirasi tasarrufidan tashqariga ham zudlik bilan tarqalib ketadi. Shaxs har qanday 
masofadan turib sulola a’zolarining nikoh tantanalari, marosimlarida qatnashishi mumkin. Rang-
barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham kundalik turmushda toshi 
bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi. 
Sobiq SSSR davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda 
mahallalar o’zining huquqiy maqomini yo’qotdilar. Ularning asosiy faoliyati sobiq kommunistik 
partiyaning mahalliy tashkilotlarini qo’llab-quvvatlashdan, shuningdek, mahalliy an’ana va urf-


odatlar, odob-ahloq me’yorlarini tashviqot-targ’ibot qilish, oilalardagi marosimlar va boshqa 
tadbirlarni o’tkazishda kommunistik partiyaning “ko’z va qulog’i” bo’lib turish kabilardan iborat 
bo’lib keldi. Bu davrda qadimdan ma’naviyat, ta’lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan 
mahallalarning o’rni deyarli yo’qqa chiqarildi.
Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining qonuniy 
maqomini mustahkamlashga, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir 
jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O’zbekistonda mahallalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, 
o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni 
o’zini-o’zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, 
ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. 
Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 10 minggga yaqin o’zini o’zi boshqarish organlari 
shakllangan bo’lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig’inlari tashkil etadi. Mahalla mustaqil 
tashkilot sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o’zining qadimgi nomlarini va 
xalq o’rtasidagi obro’-e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar.
Mustaqillik yillarida mahalla tarixiy va rivojlangan mamlakatlardagi tushunchada aniq
belgilangan ijtimoiy-demografik, madaniy-ma’naviy va hududiy-ma’muriy birlik sifatidagi 
maqomga erishdi. U o’z hududidagi fuqarolar o’rtasida an’analar va urf-odatlar, insoniy, xo’jalik, 
huquqiy munosabatlar birligini tashkil etgani holda fuqarolarning o’zaro ijtimoiy munosabatlarini 
bog’lab turish vositasiga aylandi.
Mustaqillikning ilk davridan boshlab Prezident I.A.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining 
asosi deb, bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. 
Prezident I.A.Karimov 1995 yildayoq shunday fikrni bildirgan edi: “Ma’lumki, asrlar mobaynida 
mahallalarda ko’pdan-ko’p hayotiy muammolar o’z echimini topib keladi. To’y-ma’rakalar ham, 
hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o’tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa 
masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-
bobolarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o’zi 
mahallalarni rivojlantirish va ularni qo’llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko’p 
qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va 
ta’sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi lozim”. 
Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi 
ma’ruzasida o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi o’rnini 
ko’tarishning muhim bosqichini boshlashning asosiy yo’nalishi bo’lgan quyidagi fikrni bildirdi: 
«Hayotimizni erkinlashtirish yo’nalishlarining yana bir muhim yo’li - markaziy va yuqori davlat 
boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdir»
1
. Albatta, davlat 
tomonidan mahallalarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda avvalo, ularning aholi faolligini 
oshirishdagi o’rnini yuksaltirish ko’zda tutildi. Chunki, mahalla fuqarolar yig’inlarida etarlicha 
huquq bo’lmasa, ular o’zini o’zi boshqarish funktsiyalarini bajarish qobiliyatiga ega bo’la olmas 
edilar. Shuningdek, mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham avvalo 
keng huquqlarga ega bo’lishlari lozim edi. 
Hozirgi davrda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla 
fuqarolar yig’inlariga boshqaruvning turli yo’nalishlariga etakchilik qilish vakolatlari berildi. 
Mahallalar o’z hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda 
bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, etimlar, baynalmilal-harbiylar, kam ta’minlangan va 
ko’p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi; mahalla faollarining mazkur faoliyatda ishtirok 
etishiga boshchilik qiladi; insonni ma’naviy yuksalishi va amaliy tashabbuslarini namoyon bo’lishi
uchun shart-sharoit yaratadi; fuqarolar moddiy va ma’naviy jihatlardan qo’llab-quvvatlanadi.
Mahalla fuqarolar yig’ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan 
birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta’minlangan oilalar va yolg’iz kishilarga beg’araz moddiy yordam 
ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o’zi mustaqil ravishda bajaradi. Shu bilan birga, 
1
Каримов И.А. Биз танлаган йўл демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.II. –Т.: 
Ўзбекистон, 2003. 29-б. 


mahallalar o’z hududlarida ekologik muammolarni echish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, 
hashar yo’li bilan ko’kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o’rtasida atrof-
muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga ham mas’uldir. Albatta, bu 
kabi faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, ko’plab qonunlar loyihalari, Konstitutsiyaga kiritiladigan qo’shimcha va 
o’zgarishlarni o’zida ifodalagan umumxalq referendumlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish 
avvalo mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda va qo’llab-quvvatlanmoqda. 
Boshqacha aytganda, mahallalar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini 
faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o’zi isbotlab berdi. Mamlakat siyosiy 
hayotida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlab beruvchi asosiy 
bo’g’in - bu mahalla fuqarolar yig’inlaridir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini 
oshirish qobiliyatiga ega bo’lgan birdan-bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig’inlaridir.
Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasi, uning viloyat, shahar, tuman bo’limlari bilan 
hokimliklar hamkorligida har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla 
jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko’rik-tanlovlar o’tkazib 
kelindi. Ko’rik-tanlovlar g’oliblari har yili obro’li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, 
qimmatli esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, 
ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig’inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg’armasi va uning 
mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi. 
Huquqiy demokratik davlatda saylov qonunlari va uni o’tkazish muhim o’rinni egallaydi.
Buning yorqin isbotini «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish» organlariga saylov o’tkazish ham 
istisno emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2001 yil 12 apreldagi 
«Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov o’tkazishni tashkil etish to’g’risida»gi 
qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o’rtasida yuqori obro’-e’tibor va hurmatga sazovar 
bo’lgan, davlat hokimiyati organlari vakolatlarining bir qismi bosqichma-bosqich fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlariga berilishi munosabati bilan, ushbu organlar oldida turgan 
vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan shaxslar orasidan fuqarolar yig’inlari rais va oqsoqollari va 
ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo’yildi. 
Saylov kampaniyalari davridagi tashkiliy ishlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 
mamlakatimiz bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar ijtimoiy-siyosiy 
va tashkiliy jihatdan yuksak saviyada va fuqarolarning ijtimoiy faolligi o’sgan holda amalga oshdi.
Fuqarolar yig’inlarida saylovlar bilan bir vaqtda fuqarolar yig’inlari raislari va oqsoqollarining 
oldingi saylovdan boshlab o’tgan davr mobaynida qilgan ishlari to’g’risidagi hisobotlari eshitildi. 
Fuqarolar yig’inlari faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha fuqarolar o’zini o’zi boshqarish 
organlarining olib bogan ishlari atroflicha va chuqur tahlil etildi. Qonunlar, Prezident Farmonlari, 
hukumat qarorlarini amaliy jihatdan ro’yobga chiqarishda mahallalarning mahalliy davlat 
hokimiyati organlariga bergan yordamlariga muhim e’tibor berildi.
Mahalla fuqarolar yig’inlaridagi oqsoqollar saylovi millionlab fuqarolarni befarq qoldirmadi. 
Barcha saylovchilarda faol ishtirok, o’z nuqtai nazarini ifoda etishga intilishlar ochiq sezilib turdi.
O’zini o’zi boshqarish organlariga bo’lgan saylovlar natijasi shuni ko’rsatdiki, bu saylovlar 
aholining keng qatlamlari uchun ijtimoiy-siyosiy faollik bag’ishladi va o’ziga xos demokratiya 
maktabi vazifasini ham o’tadi.
Mustaqillik davrida o’zini o’zi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida isloh 
etish o’zining samaralarini berdi. Mahallalar mamlakatdagi aholini o’zini o’zi boshqarish 
jarayonlarida ishtirok etishlari, qarorlar qabul qilishda fuqarolar xohish va istaklarini e’tiborga 
olishga imkoniyatlar yaratishi bilan fuqarolik jamiyati institutiga aylanib bormoqda. Shuningdek, 
hozirgi davrga kelib davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni 
belgilash kabi vakolatlari ham deyarli mahallalarga berilgan. 
Shu bilan birga, mahallalardagi tinch va osoyishta hayotni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash 
chora-tadbirlarini ko’rish, etimlar va yolg’iz qolgan fuqarolarga mehr-muruvvat ko’rsatish, 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishga doir intilishlarini qondirish kabi serqirra jamoaviy boshqaruv 


ham mahalla fuqarolar yig’inlari faoliyatining asosiy yo’nalishini tashkil etmoqda. Lekin, shu bilan 
birga o’zini o’zi boshqarish organlarini demokratlashtirish jarayonlari hali davom etadi. Ayniqsa, 
aholi huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning 
o’rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to’la mustaqil bo’lishini 
ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab 
chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida faol ishtirok etishlarini 
ta’minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir. 
Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining qonuniy 
maqomini mustahkamlashga, ulami fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir 
jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O’zbekistonda mahallalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, 
o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolami 
o’zini o’zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, posyolka, qishloq, 
ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish oiganlari huquqiy maqomini oldilar. 
Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 9971 ta o’zini o’zi boshqarish organlari shakllangan 
boMsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig’inlari tashkil etadi. Mahalla mustaqil tashkilot 
sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o’zining qadimgi nomlarini va xalq 
o’rtasidagi obro’-e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar. 
Ko’rinib turibdiki, mamlakatda o’zini o’zi boshqarish oiganlari faoliyatini isloh etish, uni 
demokratlashtirish, rivojlangan mamlakatlar va xalqaro huquq normalariga muvofiq holda ularning 
huquqiy asoslarini rivojlantirilishi bu organlami fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishini 
to’liq ravishda ta’minlay oladi. Bu jarayonlar mamlakatda «O’zbek modeli» asosida fuqarolik 
jamiyati va huquqiy davlat qurishning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o’zini namoyon qila 
boshladi. Bu sohadagi islohotlar «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini 
hayotda o’z aksini topayotganligini anglatadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə