1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
 
 
 
 
 
 
 
12 – mavzu. Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat 
birlashmalarining o’rni.
REJA: 
1.Demokratik jamiyat barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va 
birlashmalarining asosiy vazifalari. 
2.O’zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda nodavlat 
notijorat tashkilotlari va birlashmalarining ahamiyati. 
3. Demokratik jamiyat barpo etishda jaoat tashkilotlari va birlashma- 
larining roli. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil 
ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. 
XX asr o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va 
asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va 
mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy 
institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. 
Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat 
tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi. 
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik 
jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyadagi mamlakat Prezidenti 


I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma’ruzasi adolatli demokratik 
jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Ayniqsa, Prezident 
I.A.Karimovning quyidagi fikr va mulohazalari mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning eng 
asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat 
tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, 
bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. 
Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal 
qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat 
tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy 
sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini 
cheklash lozim»
1

Mamlakatda XX asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” kontseptual siyosiy 
dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim 
vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga 
bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu 
sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:
-birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak 
darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; 
-ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat 
manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish; 
-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy imkoniyatlarni shakllantirish
-to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy 
manfaatlarini uyg’unlashtirish; 
-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini 
kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish; 
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishiga kengroq va qulayroq 
imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning 
aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. 
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini 
kamaytirish, ya’ni, davlat hokimiyati tasarrufida asosan konstitutsion tuzumni, mamlakatning 
mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini 
ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat 
erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi 
vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul 
va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining 
huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va 
muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab 
chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha 
vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. 
Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə