1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
“Saylov tizimi”
bobidagi 117-moddaga binoan respublika 
«fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar»
2
.
Hozirgi davrga kelib O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va 
siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat 
birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa 
qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, 
ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston 
Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston 
Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi 
Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2000,16-бет. 
2
Ўша манба, 35-бет.


to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi. 
Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar 
to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar 
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy 
maqsadi kilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida 
taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va 
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya 
qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy 
ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali 
maqsadlarda tuziladi»
3
.
Shuningdek, O’zbekistondagi amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlarga 
quyidagi huquqlar berilgan: 
-o’z a’zolari va qatnashchilarining huquklari va konuniy manfaatlarini himoya qilish; 
-ijtimoiy xayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlariga takliflar kiritish
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chikishda qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; 
-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish; 
-ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini 
amalga oshirish; 
-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; 
-o’z ramziy belgilarini ta’sis etish; 
-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish; 
-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish. 
Demokratik jamiyat qurishga doir Islohotlarni 
 
chuqurlashtirishning yana bir yo’nalishi, bu 
siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini yuqori ko’tarishdir. 2004 yil 
dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 
nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik 
organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada 
yuksak ko’tarishga qaratilgandir.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy 
partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha 
huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar 
to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga 
a’zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy 
munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p 
partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan 
siyosiy partiÿlar fuqarolarning ñè¸ñèé irodalari shaklanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga 
ega bo’ldilar, partiÿlarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi 
mas’uliyati qonunlashtirildi.
Hozirgi davrga kelib O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikning 
dastlabki davrida O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, o’tgan asrning 90-yillari o’rtasida 
O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik 
partiyasi hamda 2003 yilning 17 noyabrida esa mulkdorlar va o’rta ijtimoiy qatlam siyosiy 
qarashlari ifodasi sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik 
partiyasi tashkil topdi. Hozirgi kunda Oliy Majlisda mazkur partiyalarning fraktsiyalari, 
mamlakatimizning qonun chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil topdi. 
O’tgan davr ichida «Sog’lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg’armasi, «Ekosan» 
3
«Нодавлат нотижорат ташкилотлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг ªонунига шарҳлар. –Т.: 
2002, 14-бет. 


xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, 
Xalqaro Amir Temur jamg’armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg’armasi, «Oltin meros» 
jamg’armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» harakati, 
O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi, O’zbekiston ommaviy axborot 
vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi (hozirda 
O’zbekiston jurnalistika ijodiy uyushmasi) , O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati, 
Jamoatchilik fikrini o’rganish «Ijtimoiy fikr» markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar 
Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Ustoz» jamg’armasi 
(hozirda «Iste’dod») kabi nodavlat tashkilotlari tuzildi. O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi 
demokratik printsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, «O’zbekiston 
tadbirkor ayollar uyushmasi», «Ayol va salomatlik», ayollarning «Mehri» tashkiloti, «Ayollar 
resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini echish va ular 
manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə