1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə11/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat Savollari:

1.Bola psixik taraqqiyoti haqida ayting.

2.Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar haqida nimalar bilasiz?

3.Psixik taraqqiyot qonuniyatlarini ayting.


9-mavzu: Shaxs psixologiyasi..Oraliq nazorat (Amaliy mashg’ulot)

Reja:

1.Shaxs haqida umumiy tushuncha. Individ va individuallik.

2. Shaxsning tuzilishi.

3.Motiv va uning turlari, motivatsiya tushunchasi.



Tayanch tushunchalar:Shaxs faolliginining, qiziqishlarida, dunyoqarashi va e’tiqodlarida ko’rinishi.

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson psixologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi shaxsning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan.

Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovi-da yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi. Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabatlarga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odamlardan alohida yashay olmaydi.

Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv sistemasining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosida ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yosh- dagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qachonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.



Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret insondir. Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odamlar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birik- masidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayon- lariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individual- lik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryodan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olmagunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqtga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individu- allik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bi­lan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashini taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turishi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.

Shaxsning tuzilishi. Psixologiyada ikkita omil — biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik struktura borligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik va ekzopsixik» tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik holatdir. Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari kabi psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifodalaydi. Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari, irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchan- lik kabi boshqa xislatlarni o‘z ichiga oladi.

Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bi­lan belgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini va uning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallar- ini, ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi shaxsining tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo‘ladi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə