1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə70/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Nazorat savollari:

  1. Xarakter deb nimaga aytiladi?

  2. Xarakterning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  3. Kishi munosabatlari xarakterda qanday ifodalanadi?

  4. Xarakter xususiyatlarini farqlab bering.

  5. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘risida so‘zlab bering.

38-mavzu: Qobiliyatlar. Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash

Reja:

1.Qobiliyatlar haqida tushuncha.

2.Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari.

3.Layoqat nishonalari va uning turlari.



Tayanch tushunchalar:Qobiliyatlarning rivojlanib borishi. Qobiliyatlarning turlari: umumiy va maxsus qobiliyatlari. Iste`dod va iqtidorlilik. Talant va daholik.

Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash. Layoqatning bolalarda erta ko’rinishi.



  1. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha

Pedagog bolalarni kuzatib ulardan bazilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli boladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday boladiki, bazi bolalar ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib sher va ertaklarni, sahnalashtiril- gan rollarni tez va oson yodlab oladilar.

Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, konikma va malakalarni nisbatan oson-lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shugullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon boladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik farqlari, predmetlarning aniq korinishi, proporsional nisbat- larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi­lan shugullanishida) va boshqalarda namoyon boladi. Ayrim qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bogliqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka va konikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bolib rivojlanib borsada. Shuning uchun oquvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani sust bilishi, unda qobiliyatning yoqligidan deb hisobla- masdan, juda ehtiyot bolish va xushmuomalalik bilan ish korishi kerak. Bunday xatolar bazan biror sabab bilan maktabda yaxshi oqimagan bolajak yirik olimlarga nisbatan ham yol qoyilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof- muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon- shuhrat qozonishga musharraf bolgan juda kop allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yonalishi asoschisi) va boshqalar oqishiga qaraganda genial olim bolib voyaga yetishishida hech qanday asos yoq edi.

Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini organar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda kop turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.

Layoqat va uning turlari

Bazan ota iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tugma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologi­yada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarni ta’minlovchi sezgi organlari - ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlan- tirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anato- mik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan la­yoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana shu yuqorida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘l- ga qo‘yish kerak.

Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bi- limga chanqoqlik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qo- biliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.

Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobi­liyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chal- gan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyin­chalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoirlarda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na- voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali

  1. yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.

Qobiliyat turlari

Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobili­yatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bi­lan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muay­yan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.

Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yosh- ligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nis­batan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shun­day harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidor­li insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va bu­tun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.

Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va ori­ginal tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birikmasi iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijtimoiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasidagi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.

Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijti- moiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daholar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mah­suli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bos­qich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxs­ga aylanadilar.

Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ishlarisobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tarbiyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.

Nazorat savollari:

  1. Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Layoqat nima?

  3. Qobiliyatning qanday turlari bor?

  4. Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning farqi nimada?

Layoqatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida qanday ishlar olib borilmoqda

39-mavzu: Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash.

Reja:

1.Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga jismoniy, aqliy va ijtimoiy-psixologik tayyorlashning psixologik tomonlari va unga qo’yiladigan talablar.



2. Bolalarni maktabdagi yangi munosabat shakllariga va yangicha bilish faoliyatiga tayyorlash vazifalari.

3.O’qish ehtiyoji va motivlarining o’zgarishi. Bilish faoliyati sohasida bolaning maktabdagi ta’lim jarayoniga tayyorligi.

Tayanch tushunchalar:Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan

tayyorlash

Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, mak­tab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi.

Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini ta­lab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik his- lari bo‘lishi kerak.

Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bola­lar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlash- gan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar» qatoriga tuihib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak.

Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim- tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.

Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazar­da tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. Ushinikiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egal- lashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda ular­ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvat- lashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun mak­tab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham­da yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalar­ning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab­dagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktab­dagi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ay­rim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chun­ki bu yerda yosh masalasi ham bor.

Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugal- lanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan bosh­lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraq- qiyot darajasi bilan aniqlanadi.

Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor­ligi shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yosh­ga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi­lishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, ja­moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning tur­mush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi.

Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido­ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odat-lanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Bolalarda 5—6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kiri- shishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining mak­tabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo­logik tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idroki­ning o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolaning qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.

Ko‘rib turganimizdek, bolalarning maktabga psixologik jihatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bi langina baholana olmaydi.

Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi­fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim- tarbiya jarayoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan-ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.

Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixo­log bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik to­mondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyat­lari, holatlarini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalarning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasi- da yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi­lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida ko‘rinadi.

Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalanish mumkin.

  1. test. Ushbu test 6—7 yoshli bolalarning obrazli tafak- kurini aniqlashga qaratilgan.

«To‘rtinchisi ortiqcha».

Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmet- lar tasvirlangan 10 ta kartochka ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir guruhga taalluqli. Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniq- lashi va nima uchun ortiqchaligini tushuntirib berishi lozim.

  1. Piyoz, pomidor, olma, sholg‘om.

  2. Tol, terak, qayrag‘och, atirgul.

  3. Echki, tulki, it, mushuk.

  4. Divan, krovat, stul, narvon.

  5. Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka.

  6. Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.

Natijalarni tahlil qilish:

Yuqori natija: 7—10 ta kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatish va tu- shuntirish.

O‘rta natija: 7—10 ta kartochkani yarim tushuntirishlar bi­lan ortiqcha predmetning ko‘rsatilishi. Masalan: «Ortiqcha predmet atirgul, qolganlari daraxtlar».

Past natija: 7—10 ta kartochkada ortiqcha predmetning tu- shuntirishsiz aniqlanishi.

  1. test. Maktabga qabul qilinayotgan bolaning fikrlashi va xotirasini quyidagi matn yordamida aniqlash mumkin. «Kunlardan bir kuni sher kasal bo‘lib qoldi. U o‘z uyiga o‘rmondagi barcha hayvonlarni taklif qildi. Ularning ichida tulki ham bor edi. Tulki sherning uyiga kirmasdan, eshik oldida turdi. Sher unga: «Sen nega uyga kirmayapsan?» deb so‘raganida tulki shunday javob beribdi: «Men sening uyingga eltuvchi ko‘plab izlarni ko‘rdim, lekin qaytayotgan bironta ham iz ko‘rmadim». Tulkining javobini izohlab bering.

  2. test. Bolalarga sozning antonimini topish vazifasini berib, ularning fikrlashi va xotirasini aniqlash mumkin:

Baland-past, issiq-sovuq va hokazo.

VAQTNI MOSLASHTIRA OLISH HAQIDAGI BILIMLARNI ANIQLASH BO‘LIMI BO‘YICHA TEST-SAVOLNOMA

Testning maqsadi: Bolaning vaqtni moslashtira olishini bilish hamda hafta kunlari va sutkadagi vaqtlarni bilishini aniqlash:

  1. Ko‘chada qachon qorong‘i bo‘ladi?

  2. Hozir ertalabmi yoki kunduzimi?

  3. Yilning qaysi faslini yaxshi ko‘rasan va nima uchun?

  4. Kecha haftaning qaysi kuni edi?

  5. Qachon quyosh chiqadi?

  6. Yilning qaysi oylari (kuzgi, qishki, bahorgi, yozgi) senga yoqadi? Nima uchun?

  7. Bir daqiqa ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?

  8. Bir yil ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?

  9. Bir daqiqa ichida o‘rin yig‘ishtirish, pol yuvish mumkinmi?

  10. Bir soat ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?

  11. Bir soat ichida ko‘ylakni yuvish mumkinmi? Uy qurishchi?

  12. Kun uzunmi yoki oymi?

  13. Haftada necha kun bor?

Izoh: Agar bola elementar matematik tasavvurlarini rivojla­nish darajasini aniqlash testlari bo‘yicha birorta ham savol- ga javob berolmasa yoki faqat 1—2 ta savolga javob bersa, un- da bu bolaning tafakkur darajasini aniqlash maqsadida «Nima uchun?» testidan o‘tkazish kerak. Agar bola mana shu testning

  1. 3 ta savoliga ijobiy javob bersa, bu uning tahlil qila olishi va mustaqil xulosalar chiqarishidan dalolat beradi.

«NIMA UCHUN?» TESTI.

TABIAT HAQIDAGI TASAVVURLARNING SHAKLLANISHI

BO‘LIMI

Testning maqsadi: Bolalaning mantiqiy tafakkuri, tahlil qi­lish va taqqoslash hamda xulosa chiqarishni bilish darajasi- ni aniqlash.

  1. Nima uchun qor qo‘lga olganda erib ketadi?

  2. Nima uchun hayvonlar va o‘simliklar jonli tabiatga kiradi?

  3. Nima uchun tosh, qum, suv jonsiz tabiatga kiradi?

  4. Nima uchun fil ovqatni og‘zi bilan olmaydi?

  5. Nima uchun bahor kelishi bilan hamma narsa uyg‘onadi va jonlanadi?

  6. Nima uchun qishda daraxtlarda barg bo‘lmaydi?

  7. Nima uchun sigir, it, qo‘y uy hayvonlari hisoblanadi?

  8. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qaysi birlariga yashash qiyinroq va nima uchun?

  9. Nima uchun hayvonlarga mo‘yna kerak?

  10. Qalam bilan ruchka nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?

  11. Mixning boltadan nima farqi bor?

  12. Mushuk tovuqdan nimasi bilan farq qiladi?

Izoh: «Nima uchun?» testi bo‘yicha bola xulosa qilmasdan, faqat dalillar keltirsa hisobga olinmaydi. Masalan, «Nima uchun hayvonlarga mo‘yna kerak?» degan savolga to‘g‘ri javob «Mo‘yna hayvonga uni sovuqdan saqlanish uchun kerak» bo‘lishi kerak.

VERBAL TAFAKKUR TESTI

Testning maqsadi tafakkur operatsiyalari, mantiq operatsiyalari, mantiqiy so‘z boyligi taraqqiyotini ko‘rsatish. Bolalarga turli mazmundagi savollarga javob berish taklif etiladi. Natijalarni qayta ishlash quyidagi tartib asosida olib borila- di: ballar yig‘indisi alohida savollar bo‘yicha aniqlanadi.

Verbal tafakkur rivojlanishining 1-darajasi 24 va undan yuqori;

  1. daraja — 14—23 gacha — o‘rtadan yuqori;

  2. daraja — 0—13 gacha — o‘rtacha (norma);

  3. daraja — (—1) — (—10) gacha — past;

  4. daraja — (—11) va undan past — juda yomon.

TEST SAVOLLARI

  1. Qaysi hayvon kattaroq: otmi yoki itmi?

  1. ot — 0 ball

  2. it - (- 5 ball).

  1. Ertalab biz nonushta qilamiz, tushda esa ...

  1. tushlik qilamiz, shorva ichamiz, gosht yeymiz — 1 ball;

  2. kechki ovqatni yeymiz, uxlaymiz va h.k. — (3 ball).

  1. Kunduzi yorug‘, kechqurun esa ...

  1. qorong‘i — 0 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (4 ball).

  1. Osmon moviy (ko‘k), o‘t esa ...

  1. yashil — 1 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (4 ball).

  1. Gilos, nok, olxo‘ri, olma — bular nima?

  1. mevalar — 1 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Nima uchun poyezd o‘tishidan oldin shlagbaum tushiriladi?

  1. avariya bo‘lmasligi, hech kim poezd tagiga tushib ketmasligi va h.k. uchun — 0 ball;

  2. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Moskva, Toshkent, Chirchiq (tanish shaharlar) nima?

  1. shaharlar — 1 ball;

  2. stansiyalar — 0;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Soat necha (soatdan 18, 15, 19, 11, 5 daqiqani ko‘rsating)? Bola soatni o‘zi belgilaydi.

  1. agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa — 4 ball;

  2. 1 ta javob to‘g‘ri bo‘lsa — 3 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (0 ball).

  1. Sigirning bolasi — buzoqcha, itning bolasi — ..., qo‘yning bolasi — ...

  1. kuchukcha, qo‘zichoq — 4 ball;

  2. ikkitadan bittasi — 0 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Kuchuk ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa?

  1. mushukka — (nimasi bilan o‘xshash?) — 4 ta oyog‘i, yun- gi, tirnoqlari va shu kabi o‘xshashlik tomonlari aytilsa — 0 ball;

  2. o‘xshashlik belgilarisiz — (1 ball);

  3. noto‘g‘ri javob — (3 ball).

  1. Nima uchun barcha avtomobillarda tormoz bo‘ladi?

  1. tog‘liklar, burilishlarda (2 ta sabab) yoki boshqa joylarda tormoz berish uchun — 1 ball;

  2. bitta sabab ko‘rsatilsa — 0 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — (1 ball).

  1. Bolta bilan bolg‘a nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?

  1. agar 2 ta umumiy belgi ko‘rsatilsa (yog‘och-temir, mix qoqish mumkin, asboblar orasi tekis) — 3 ball;

  2. bitta belgi ko‘rsatilsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘x- shaydi?

  1. sutemizuvchilar ekanligi yoki 2 ta umumiy belgisi (panjasi, mo‘ynasi, daraxtlarga chiqa olishi) ko‘rsatilsa — 3 ball;

  2. bitta o‘xshashligi ko‘rsatilsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Mix vintdan nimasi bilan farq qiladi? Agar ular stol usti­da turgan bo‘lsa, ularni qanday ajratgan bo‘lar eding?

  1. rezbasidan — 3 ball;

  2. vint buraladi, mix qoqiladi, vintning gaykasi, mixning shapkachasi bo‘ladi — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika — bu...?

  1. sport, fizkultura — 3 ball;

  2. o‘yinlar, mashqlar, musobaqalar — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Transport vositalaridan qaysilarini bilasan?

Agar bola «U nima?» deb so‘rasa, «Transport — bu harkatla- nish vositasi», deb tushuntiriladi.

  1. agar 3 ta — yerda yuruvchi transportni, samolyot yoki kemani aytsa — 4 ball;

  2. faqat yerda yuruvchi taransportni aytsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

  1. Qari odam yosh odamdan nimasi bilan farq qiladi?

  1. 3 ta belgi (ajinlari, yomon eshitishi, ko‘rishi bilan) — 4 ball;

  2. bitta yoki ikkita belgi aytsa — 2 ball;

  3. noto‘g‘ri javob — 0 ball.

Nazorat savollar:

Katta bog‘cha yoshida o‘z-o‘zini anglash nimada ifoda- lanadi?

Bolaning jinsiy identifikatsiyasida, o‘yinchoq tanlashida, jinsiy tarbiyasida kattalarning tutgan o‘rni qanday?

Bola shaxsida qanday salbiy tuzilmalar paydo bo‘ladi?

Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni haqida gapirib bering.

40-mavzu: Bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashga oid psixodiagnostika metodikalari.Yakuniy nazorat.

Reja:

1.Bolalarning maktabga tayyorgarligini tekshirishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish.

2.Vaqtni chamalash, matematika, mantiqiy fikrlashga oid metodikalar.



Tayanch tushunchalar: (Jan Piaje, Kern Yerasek va boshqa metodikalar)

Bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashiga bog‘liq. Psixologiya fan sifatida tarbiyachiga tayyor retseptlarni bera olmaydi. Bunday ko‘nikmalar bolalar bi­lan bevosita muloqot jarayonida, bola xulq-atvori motivlarini, shaxsiy xususiyatlarini tahlil qil ish jarayonida egallanadi. Bu haqda K.D. Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga Siz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling», — deymiz.

Taraqqiyotdan chetlashish yoki buzilish sodir bo‘lgan holatlar chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida, shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixo- logiyasi, klinik potopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga akseleratsiya (tez yetilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.

Tarbiyachi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunishi uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarni psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. Tarbiyachining psixodiagnostik tadqiqot yoki doi- miy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.

Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‘yishning 3 bosqichi farqlanadi:

  1. simptomatik diagnozda dasturi mavjud har qanday EXM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi;

  2. etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi;

  3. tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishidan olin- gan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.

Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazi- falarini talab qiladi.

Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan nati- jalar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bun­da ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyat- da, muloqotda va boshqalarda (shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda) hisobga olinadi.

Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog‘chada, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda qo‘llanishi mumkin. Tarbiyachi o‘z ishida doimo bolalar psixo- fizik taraqqiyoti masalalari bilan to‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalargina emas, (masalan, yarim yillikning oxiriga kelib bolalarning egallagan ko‘nikma, malakalari kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlar rivojlanishining istiqbollarini ay tib beradigan natijalar qiziqtiradi.

Bolalar bog‘chalarida psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  1. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Bolaning psixik hayot taraqqiyo­ti xususiyatlari rivojlanishining ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganish orqali zaruriy ma’lumotlar to‘planadi. Bunda psixo- logiyaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi.

Oyin va oqish faoliyatida kop martalab otkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida malum faoliyatning tasir korsatkichi bolishi mumkin. Bolada otkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qollanilgan turli metodlarning oquv-tarbiyaviy tasirini hisobga olgan shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. Tarbiyachi eksperimental-psixologik tadqiqotlarni qanchalik kop otkazsa, tajribasi shunchalik orlib boradi. U quyidagilarni oz ichiga oladi: bo­la faoliyatining xususiyatlarini oyin va oquv vaziyatlarida tahlil qilish; maktab, bolalar bogchasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki hayotini tushunib olish istagi; shaxs xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam korsatish.Bolajak tadqiqotchi ozida quyidagi sifatlarni shakllantirishi lozim:

  1. tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;

  2. oz diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-atvorini kuzatishga qaratish;

d) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganlarini yozib, uning xulqidagi bazi reaksiyalarni togri ba­holash qobiliyatini yoqotmaslik va boshqalar.

Quyidagi kuzatishni keltiramiz: tarbiyachi bogchada mashgulotlar otkazish jarayonida Gulnora ismli qizning xulqatvorida bazi boshqalarnikiga oxshamagan xususiyatlarni payqab qoldi. Qiz mashg‘ulotlarda tez chalg‘ib ketadi, ko‘pincha parishonxotir. Tarbiyachi topshirig‘ini tez bajarmaydi. Bir topshiriqni qo‘yib ikkinchisiga tez o‘tib ketadi, ish­ni oxiriga yetkazmaydi. O‘quv topshiriqlari bajarilmaydigan boshqa vaqtda esa o‘zgalardan farq qilmaydi.

Qizning diqqat, tafakkur, hissiy holatini o‘rganish uchun bog‘chada tadqiqot o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatadiki, qizning psixik jarayonlarida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi tasdiqlandi. Topshiriqni bajarish vaqtida charchash, faol diqqat darajasining pastligi kuzatilgan. Lekin bu xususiyatlar sinaluvchi diqqatini ishning boshqa shakliga ko‘chirish bilan osonlikcha bartaraf etilgan. Tarbiyachining vazifasi qizga ta’sir etayotgan boshqa omillarni to‘g‘ri aniqlash, individual ish olib borish, ko‘rsatilgan xususiyatlarni yo‘qotishdan iborat. Bu tad­qiqot nalijasi shuni ko‘rsatadiki, qizdagi ixtiyoriy diqqat dara- jasining, ish qobiliyatining pastligi o‘zining obyektiv sabablariga ega. Qizning 3 yoshgacha rivojlanish tarixidan ma’lum bo‘ldiki u asfiksiya (kislorod yetishmasligi) bilan tug‘ilgan, tug‘ruqdan so‘ng bosh miyasi yallig‘langan.

  1. Aqli zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tu­fayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qish haqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.

  2. Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologok tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala katta guruhlarda o‘tkaziladi. Bu yerda olin- gan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash

Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqot­lar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxsning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni bera­di. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.

Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida, ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur.

Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  1. tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniq­lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatl rini aniqlash;

  2. sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;

d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo­qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.

Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bolaga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiynalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat­larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1—2 yoshli bolalar sensamotor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qancha­lik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifalida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini bar­cha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987).

Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli- gini aniqlab beradi.

Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.

Quyida metodikalardan namunalar keltiramiz.

Segen doskasi

Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E. Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A. Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz yo- ki kartonga quyidagi figuralar chiziladi.

Keyin ularni ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir va­riant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi.

  1. doskada 10 ta har xil butun figuralar bor;

  2. doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki va uch qismdan iborat;

  3. doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura;

  4. doskada ikki qismdan iborat 5 ta (figura) shakl.

Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin

doskadagi shakllar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir shaklni o‘z joyiga qo‘yishni boladan so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2—3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bola «smash va xato qilish» kabi harakatlar qiladi, bunda bo­la shakli arni joyiga qo‘yishga diqqat-e’tibor berishi, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni baja- rishga sarflangan vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qaror-ga yozib boriladi. Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin.

Bu metodika 1923-yilda S.S. Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xu­susiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D. Veks- lerning (1939—1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.

Odatda bu metodni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, le­kin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan shakllar yasashlari kerak. Tajriba o‘tkazish uchun bir xil bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil shakllar chizilgan 10 ta rasm zarur.

Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday shaklni to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan shakllarni kubiklardan yasay boshlaydi.

Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va bajarilish vaqtiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi. Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish lozim.

Agar bola qiynalsa, 1—2 shaklni yasab ko‘rsatish mumkin. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish prinsipini ham tushuntiradi. Shaklni yasab bo‘lgach eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqti yozib qo‘yiladi.

Sinaluvchiga quyidagi qo‘llanma beriladi: «Men hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib beraman, siz bo‘lsa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Nazorat savollari:

  1. Psixodiagnostika fani nimani o‘rganadi?

  2. Psixodiagnostikaning vazifalari va xususiyatlari nimadan iborat?

  3. Diagnoz qo‘yish bosqich turlarining nomlarini ayting va ular haqida tushuncha bering?

  4. Psixodiagnostik tadqiqotlar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

.

1Дастурга 6-илова

7 Дастурга 7-илова

Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə