1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


-mavzu: Bolalar temperamenti



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə63/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

36-mavzu: Bolalar temperamenti

Reja:

1.Temperament va tarbiya.

2.Ta`lim-tarbiya jarayonida bolalar temperamenti xususiyatlarini hisobga olish va yondoshish.

3.Bolalar temperamentiga tavsifnoma.



Tayanch tushunchalar:Berilgan tavsifnoma orqali bolalar temperamenti tipini aniqlash.

Flegmatik mijozli bolalar

Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib, uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib, tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoliyatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi. Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nis­batan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-turib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u zehnli, xotirasi yaxshiuning tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashishi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi kuzatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qilmaydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javobgarlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bola­lar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə