1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə62/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Kuchsiz jonivorlarbir xil tipni tashkil qiladi, bu tipning vakillarida ikkala nerv jarayonida, ayniqsa tormozlanish ja­rayoni ojiz hisoblanadi, bunday itlar besaronjom bo‘lishadi, to‘xtovsiz akillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turaveradi. Tashqi ta’sirlar hatto ba’zan arzimagan ta’sirlar ham ular- ga ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq davom etgan qo‘zgatuvchilar ularda nerv sistemasini tez ishdan chiqishini keltirib chiqaradi.

Kuchli hayvonlar — muvozanatlashganlik bo‘yicha ajratiladi. Kuchli muvozanatsizlar alohida tipni tashkil etadi. Muvozanatsizlik kuchli itlar o‘rtasida bir xil shaklda kuchli qo‘zg‘alish jarayoni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hayvonlarda faoliyat juda zo‘riqqan, ko‘pincha nerv faoliyatida buzilish ro‘y beradi. Ko‘p hollarda bu urishqoq, haddan tashqari qo‘zg‘aluvchan hayvonlardir. Kuchli muvozanatlilar o‘z navbatida nerv jarayonlarining almashinuviga, harakatchanligiga qarab jonli va bosiq tiplarga bo‘linadi. Xatti-harakatning tashqi xususiyatlariga qaraboq bu tiplarning vakillari bir-biridan farq qiladi. Bir xillari tez qo‘zg‘aluvchan va harakatchan, boshqalari sust qiyinchilik bilan qo‘zg‘aladi. Oliy nerv faoliyatning 4 asosiy tipi farqlangan:

  1. Kuchli muvozanatli va tez (jonli).

  2. Kuchli muvozanatsiz (behalovat).

  3. Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta).

  4. Kuchsiz tip.

Nerv faoliyatining tipi organizmning tabiiy xususiyatidir. U nasliy jihatdan bog‘liq, biron-bir darajada o‘zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanadi va ma’lum darajada atrofdagi sharoitlar ta’siri ostida o‘zgaradi. Eksperimentlarda shu narsa aniqlanadiki qo‘zg‘alish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish yo‘li bilan tormozlanish jarayonini mustahkamlash mumkin. Ya­na shu narsa ma’lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab o‘zgarishi mumkin. «Biz, — deb yozadi I.P. Pavlov, — itda aniqlangan nerv sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to‘la haqlimiz».


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə