1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


-mavzu:Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə2/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

2-mavzu:Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari

Reja:

1.Psixologiya fanining vazifalari.

2. Tarmoqlari, fanlararo bog’liqligi.

3. Yangi davr va psixologiya, umumiy psixologiya.


Tayanch tushunchalar:Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari va fanlar tizimida tutgan o‘rni,

Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi haqida qo‘lga kiritilgan yutuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixik holatlar, xususiyatlar, inson shaxsi va uning faoliyati haqidagi ta’limotlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida umumiy psixologiya ham bolalar psixologiyasi­ning yutuqlariga asoslanadi. Umumiy psixologiya normal ta­raqqiy etgan katta yoshdagi odamlarning psixik jarayonlari va individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganar ekan, bu psixik jarayonlar va individual-psixologik xususiyatlarning paydo bo‘lishini bilish kerak bo‘ladi. Psixik jarayonlar va shaxsiy psi­xologik xususiyatlarning turli yoshdagi bolalarda paydo bo‘lishi masalasi bilan yosh davrlari psixologiyasi shug‘ullanadi. De­mak, bolalar psixologiyasi bilan umumiy psixologiya hamda yosh davrlari psixologiyasi fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir.

Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari to­monidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalana­di. Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistema­si va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shartlaridandir. Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita ta nish bo‘lishlari lozim.

Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bola­lar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi hamda un- ga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.

Ta’lim-tarbiya berishga yo‘naltirilgan maxsus fanlar bola­lar psixologiyasi negizida ish ko‘radi. Bolalarda hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni shakllantirishda ularning psixik taraqqiyotini hisobga oladi va yondashadi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya va bola­lar psixopatologiyasi bilan ham bog‘liqdir. Bu fanlar bolalar psixologiyasi namoyandalariga bolalar psixik taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal taraqqiyotdan burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berishi bilan birga shifokorlar- ning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olish- lariga yordam beradi. Psixik taraqqiyotdan kechikayotgan va rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar psixikasini max­sus psixologiya fani o‘rganadi. Logopediya nutq faoliyati bu- zilishining sabablari, mexanizmlari, belgilari, yo‘nalishlarini o‘rganadi. Defektologiya fani ko‘rinishida, eshitishida nuqso­ni bo‘lgan, psixik rivojlanishi orqada qolgan, aqli zaif, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, tayanch apparatida nuqsoni bor bolalar, serebral falaj (markaziy nerv sistemasining shikastlanishi), autizm sindromiga chalingan bolalarni o‘rganadi va korreksion ishlar olib boradi.

Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Har bir bo­la ertak eshitib ulg‘ayadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, matallar, masallar va boshqa janrlar bolani o‘zining sehrli olamiga yetaklaydi. Bola unda katta hayotni ko‘radi, olam bilan tanishadi, jonli va jonsiz dunyoni ko‘radi. Ertaklar bola­larda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlaydi, kelajak hayotga hozirlaydi.

Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi hamda bu fanlarga ham o‘z predmetlarini chuqurroq o‘rganishlarida yaqindan yordam beradi.

Yangi davr va psixologiya. Ma’lumki, «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonunda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, uning mazmuni, vazifalari jamiyat taraqqiyotida o‘z aksini topgan. Zamonaviy ta’lim markazida shaxs turadi, unga ta’sir etuvchi, zaruriy fazilatlarni shakllantiruvchi bo‘lib o‘qituvchi timsoli mujassamlashgan. O‘zbekistondagi islohotlar inson omili, uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, qayg‘urishi muammosini har qachondagidan ham dolzarb masataga aylantirdi. Turli o‘zgarishlarga psixik ji­hatdan tayyorgarlikni ta’minlash yangicha fikrlash va ro‘y berayotgan jarayonni obyektiv va to‘g‘ri idrok qitish qobiliyatini rivojlantirish muammosi inson psixikasini bilishni ilgari surdi. Psixik hoditalar bilan har bir inson tanish bo‘lishi yangi davr o‘zgarishlariga oqilona javob bera olishini talab qiladi.

Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi psixik hayotning asosiy qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Psixologiyani o‘rganish odamning o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunishiga, ularning psixik holatini hisobga olgan holda yondashishiga yordam beradi. Kishi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra oladi, o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, nuqsonlarni yo‘qotib borishga o‘rganadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning bajari- lishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aratashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar o‘quvchilardagi rivojtanish ko‘rsatkichlari, aqliy o‘sish omillari va iqtidoriga qarab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o‘tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real samara berishi lozim. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kamolotiga psixologiya fani muayyan hissa qo‘shadi.

Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga hozirgi kun uchun o‘ta dolzarb vazifalarni hal qilish bilan ham bog‘liqdir. Bularga ekologiya muammolari, zoopsixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muam- molari bilan bog‘liq psixologik muammolarni ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, o‘z joniga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o‘ta muhim bo‘lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi va tuzatishlar kiritiladi.




Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə