1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Xarakterning fiziologik asoslari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə68/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

Xarakterning fiziologik asoslari

Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyati­ning tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv siste­masining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga muno­sabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoli­yat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hay- vonning mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan, xarakterdan iboratdir».

Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi tempe­rament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliya­ti jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentga bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks eta­di. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit, ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə