1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisob olish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#102602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Pul mablag‘lari va hisob kitoblar hisobi

10. Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisob olish 
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan 
operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari 
schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 
0950-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i»;
3210-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i»; 
4410-«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»;
6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»;
6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
majburiyatlar»;
6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»;
7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar»;
7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
uzoq muddatli majburiyatlar»;
8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»;
9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»;
9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» 
schyotlarni o‘z ichiga oladi. 
Balansdan tashqari schyotlarga esa:
012-«Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 
013- «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyotlar kiradi.


0950-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i» 
schyotida hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu 
bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012- «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan 
bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo‘yiladi. Hisobot davri 
oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib daromad (foyda) solig‘iga 
tortiladi.
4410-«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotida bo‘nak 
soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom ashyo, materiallar, yarim tayg‘r mahsulotlar 
va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo‘yicha hisoblashish hujjatlarida alohida 
ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobga olinadi. 
Buxgalteriya hisobida 4410- «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak 
to‘lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan 
rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi 
qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda:
Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»,
Kt 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyoti. 
Byudjetga soliq to‘lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo‘yicha 8840-
«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi. Ayrim xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar daromad (foyda)dan ajratma solig‘idan qonunchilikka binoan 
vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy belgilangan 
tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma solig‘i summasiga quyidagicha yozuv 
rasmiylashtiriladi:
Dt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»,
Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Daromad 
(foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar» schyoti. 
Ushbu hisoblangan soliq summasi byudjetga o‘tkazilmaydi, balki maqsadli 
foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o‘tkaziladi:
Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Daromad 
(foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar»,
Kt 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» schyoti. 
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo‘yicha soliqlardan ozod qilish 
natijasida hosil bo‘lgan summa, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan davr 
oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan chiqariladi:
Dt 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»,
Kt 8520-«Rezerv kapitali» schyoti. 
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o‘tkazilgan mablag‘dan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, 
shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun foydalanganda 8520- «Rezerv 
kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi. 
7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori bilan 
to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ro‘xsat etilgan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
byudjet oldidigi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi. 
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori bilan 
soliq to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ro‘xsat etilgan bo‘lsa, quyidagicha yozuv bilan 
rasmiylashtiriladi:
Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»,


Kt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyoti. 
Shuningdek boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lash muddati bir necha yilga 
kechiktirilgan hollarda. 
Dt 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar»,
Dt 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotlar, 
Kt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyoti. 
Soliqlar 
va 
majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlarning joriy yilda to‘lanadigan qismi quyidagi aks ettiriladi:
Dt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar»,
Kt 6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyoti. 
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda 
Dt 6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyoti, 
Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»
Kt 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar»,
Kt 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotlari. 
Ushbu summa byudjetga yoki sug‘urta organlariga o‘tkazib berilganda 
Dt 6410, 6510 va 6520-schyotlar, 
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» . 
7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning mavjudligi tufayli 
vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i summasi aks ettiriladi. 
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab topiladi, 
to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i esa soliqqa tortiladigan daromad (foyda)dan hisoblab 
topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)dan 
olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi farqi moliyaviy hisobotda 
inobatga olinishi kerak. 
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan 
daromad (foyda) solig‘i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan xarajat deb 
qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda 
hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotda 
aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan daromad (foyda) solig‘i xarajati 
bilan soliqqa tortiladigan daromaddan hisoblab topilgan to‘lashga tegishli daromad (foyda) 
solig‘i orasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250-«Vaqtinchalik farqlar 
bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» 
schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi:
Dt 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»,
Kt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i 
bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti. 
Har yili daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir qismi 
daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismidek 6250-
«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi:


Dt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i 
bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»,
Kt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i 
bo‘yicha majburiyatlar» schyoti. 
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda 
Dt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i 
bo‘yicha majburiyatlar» schyoti, 
Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti. 
Ushbu summa byudjetga o‘tkazib berilsa, 
Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti, 
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti». 
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810-«Daromad (foyda) 
solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar 
bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910-
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi:
Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»,
Kt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan 
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. 
Demak, daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan 
daromad (foyda) solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va 
yig‘imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof 
foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 
270-satrida ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə