1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#102602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Pul mablag‘lari va hisob kitoblar hisobi

8. Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish 
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo bo‘lib 
hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo‘lib 
tan olish va baholash hisoblanadi.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi:
- korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan 
pul undiriladigan bo‘lsa;
- kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari 
bo‘yicha;
- mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul 
o‘tkazish bo‘yicha.
Da’volar va korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha hisob-
kitoblar 4860-«Da’volar bo‘yicha oliga doir schyotlar», 4730-«Xodimlarning 
moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ 
lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va 
gonorar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) 
hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800- «Turli debitorlar qarzlarini hisobga 
oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 
4890) schyotlarda aks ettiriladi. 


Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga: 

moliyalanadigan va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, 

to‘lanadigan foizlar,

royalti va gonorarlar bo‘yicha qarzlar,

da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar,

hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar

boshqa majburiyatlar kiradi.
Bunday operatsiyalarning hisobi 6900–«Turli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni 
hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 
6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi. 
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo‘yicha 
analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-
qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo‘yicha jami chiqarilib keyingi 
oy boshiga qoldiq yoziladi.
Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 
4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – 
jurnal-orderga yozib qo‘yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 
6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha 
sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə