1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#102602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Pul mablag‘lari va hisob kitoblar hisobi

3. Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish 
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining mavjudligi va 
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110-“Hisob-kitob schyoti”da 
amalga oshiriladi. 
5110-“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga 
pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110-“Hisob-kitob schyoti”ning kreditida 
korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti 
yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860-“Da’volar bo‘yicha olinadigan 
schyotlar” yoki 6960-“Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan 
holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari 
va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. 
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo‘yicha 
analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har 
bir schyot bo‘yicha yuritiladi. 
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning 
bog‘lanishi quyidagi jadvalda aks ettirilgan: 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog‘lanishi 
Debet 
Kredit 

Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha 
ijarachidan ijara to‘lovlarining kelib tushishi 
5110 
4810, 4820 

Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar 
5110 
4710 

Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar 
va boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan 
tushumlar 
5110 
4010 

Pul mablag‘lari kassadan hisob-kitob schyotiga 
topshirildi 
5110 
5010 

Chet el valyutasini sotib olish uchun pul 
mablag‘lari o‘tkazildi 
5530 
5110 



Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar 
bo‘yicha summalar hisob-kitob schyotiga 
o‘tkazildi 
5110 
5510, 5520 

Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida 
berilgan qarzlarning qaytarilishi 
5110 
5830 

Ilgari berilgan bo‘nak qaytarildi 
5110 
4310-4390 

Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi 
5110 
4860 
10 Olingan bo‘naklar summasi 
5110 
6310-6390 
11 
Ilgari aksiyaga obuna bo‘lgan ta’sischilardan 
ulush summasining kelib tushishi 
5110 
4610 
12 
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan 
aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi 
5110 
8410 
13 
Bankdan kassaga pul mablag‘lari kelib tushdi 
(mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni 
berish uchun) 
5010 
5110 
14 Xususiy aksiyalarning sotib olinishi 
8610, 8620 
5110 
15 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi 
qarzlarning qoplanishi 
6010 
5110 
16 Berilgan bo‘naklar summasi 
4310-4330 
5110 
17 Ilgari olingan bo‘naklarni qaytarilishi 
6300, 7310 
5110 
18 
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz summasining 
o‘tkazilishi 
6410 
5110 
19 
Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga 
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi 
6510-6530 
5110 
20 
Ta’sischilarga 
hisoblangan 
dividendning 
to‘lanishi 
6610 
5110 
21 
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlariga 
bo‘lgan 
qarz 
summasining 
qoplanishi 
6110, 6120 
5110 
22 Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi 
6810-6840 
5110 
23 
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy 
qismining qoplanishi 
6950 
5110 
24 
Hisoblangan 
foizlar 
bo‘yicha 
qarzlarning 
qoplanishi 
6920 
5110 
25 
Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar 
to‘landi 
6910, 6950 
5110 
Yuridik shaxs, ya’ni mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo‘lgan sub’ektlar 
banklarda o‘zlarning hisoblashish schyotini (5110 – «Hisoblashish schyoti) ochish 
huquqiga egadirlar. 
Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag‘larini saqlash va 
ularning tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. Bank yoki boshqa moliyaviy 
tashkilotlarning schyotlarini qo‘llash pul mablag‘larini ustidan nazoratlarni o‘rnatishning 
muhim usulidir. Vaholanki, banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni 
ruyobga chiqaradi: 
- Pul mablag‘lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, ya’ni jismoniy 
himoyalangan bo‘ladi; 


- Pul mablag‘lari bo‘yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi; 
- Pul mablag‘larini boshqarish jarayonida o‘g‘irlik va tavakkalchilikning darajasini 
kamaytiradi; 
- Mijozlar bilan hisoblashish muomalalarini naqd pulsiz shaklida to‘lovlar va 
oluvlarni bevosita bankdagi ushbu schyot orqali amalga oshirish mumkin; 
- Pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini kamaytirish 
imkoniyatiga ega bo‘linadi, chunki naqd pul qancha muomalada bo‘lsa shuncha ko‘p 
jismoniy eskiradi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisoblashish schyoti ochayotganda, bankka quyidagi 
hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- Hisoblashish schyotini ochish to‘g‘risidagi ariza; 
- Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma; 
- Ustav va ta’sis shartnomasining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxasi; 
- Notarial idora tomonidan tasdiqlangan imzolar va muhr belgilari tushirilgan ikki 
dona kartochka (1-imzo sub’ektning rahbariniki, 2-imzo bosh buxgalterniki); 
- Soliq nazortida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 
Hisoblashish schyotini ochish jarayonida sub’ekt bank bilan shartnoma tuzadi va 
yuridik shaxsning hisoblashishi schyotiga № beriladi. 
Qo‘shma korxonalar esa yuqorida qayd qilingan hujjatlardan tashqari bankka 
investitsiya loyihasini tasdiqlovchi davlat qaydnomasining nusxasini ham topshirishi 
lozim. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining 
hohishiga ko‘ra hisoblashishi schyotini ochgandan keyin boshqa manzillarda (sub’ekt 
joylashgan manzildan tashqarida) joylashgan bo‘limlari, filiallari, yirik dukonlari va 
boshqa bo‘linmalari uchun joriy schyotlr ochish huquqiga egadirlar. Bo‘lim, filial va 
dukonlar o‘zlarining ushbu joriy schyotlari orqali asosiy hisoblashish schyotidan mablag‘ 
o‘tkazib xodimlariga mehnat haqi, mukofot va nafaqalar berish, xizmat safarlarining 
sarflarini qoplash, xodimlarning omonatlariga o‘tkazish, mehnat haqidan ushlagan 
summalarni soliq organlari va pensiya jamg‘armalariga o‘tkazish, ishlab chiqarish uchun 
boshqa tezkor va zaruriy muomalalarni va boshqa xo‘jalik muomalalarini amalga 
oshiradilar. 
Bankda hisoblashish schyotini ochgandan keyin sub’ektlar doimiy ro‘yxatdan 
o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma olish uchun qayd qilingan Ustav kapitalining 30% ini 
bankka qo‘yilganligi to‘g‘risida tegishli bankdan tasdiqnoma (spravka) olishi lozim. Bank 
ushbu Ustav kapitalini 30%ini hisoblashish schyotiga o‘tkazgandan keyingina sub’ektga 
ushbu tasdiqnoma (spravka) ni berish huquqiga ega. 
Hisoblashish schyotida sub’ektning vaqtincha pul mablag‘lari, mahsulotni sotish, 
ishni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlar, olingan uzoq va qisqa 
muddatli kredit va qarzlar hisobiga olinadi va hisoblashishning asosiy qismi amalga 
oshiriladi: 
- Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish; 
- To‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisoblashish; 
- Ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug‘urta idoralari bilan hisoblashish; 
- Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashish; 
- Mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi 
to‘lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish. 
Bu mablag‘larni o‘tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining topshirigi va roziligi 
bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga muvofiq) bank sub’ektning 


roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag‘larni hisoblashishga (inkasso 
tartibida) o‘tkazishi mumkin: 
- To‘lov muddati kelgan byudjetga bo‘lgan qarzlar; 
- Mahalliy va xo‘jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan; 
- Kreditdan foydalanish foizi, muddati o‘tgan kredit summasi va bank xizmati 
summasi. 
Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan tasdiqlangan grafik 
asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag‘ining kelib tushishi va schyolarni 
to‘lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi. 
Davlat korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, kishlok xo‘jalik uyushmalari (shirkatlar), 
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib 
olgunicha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo‘shimcha qilib 
bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma 
imzolanadi va bank boshqaruvchisining bo‘yrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob 
schyoti nomeri belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari 
harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki axoli 
punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish 
birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan muomalalarni aks 
ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob-kitob schyotini idora 
qiluvchi bosh korxona (tashkilot) tomonidan belgilanadi. 
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida yetarli 
darajada pul mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning bo‘yrug‘i yoki boshqa to‘lov 
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida pul 
mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 
yil 12 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank 
schyotlaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnomaga binoan 
birinchi navbatda byudjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi 
hujjatlar bo‘yicha mutanosib to‘lanadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə