1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#102602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Pul mablag‘lari va hisob kitoblar hisobi

5. Valyuta schyotidagi mablag‘lar harakatini hujjatlashtirish va hisobga olish 
Xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini va xorijiy valyuta operatsiyalarini har bir 
korxona amalga oshirishi mumkin. Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar 
O‘zR hududida xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valyutadagi operatsiyalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilangan.
1
1
ЎзР Молия вазирлиги, Давлат солиқ қўмитаси, макроэкономика ва статистика Вазирлиги ва Марказий 
банкнинг 119, 2001-11, 34 ва 205-8 сонли қарори билан тасдиқланган «Бухгалтерия ҳисоби, статистика ва 
бошқа ҳисоботда хорижий валютадаги операцияларни акс эттириш тартиби тўғрисида»ги Низоми. 2001 йил 
7 ноябр 


Xorijiy valyuta mablag‘lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo‘jalik operatsiyalari 
sodir bo‘lgan sanaga Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi. 
Jumladan quyidagilar bo‘yicha:
a) kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, 
valyuta ssuda qarzlari;
b) xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar;
v) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish 
sanasiga import qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi;
g) bojxona to‘lovlarining amalga oshirilishi;
d) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi pulli hujjatlar;
ye) xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar. 
Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir bo‘lgan
sanaga bo‘lgan Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiriladi. 
Xorijiy valyutani sotish (sotib olish)da sodir bo‘ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki 
salbiy) ijobiy bo‘lsa – 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy 
bo‘lsa – 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi. 
Xorijiy valyutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
a) valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha o‘tkazilishi:
Dt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti,
Kt -5020-«Valyuta schyoti». 
b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschyot» dan chiqarilishi:
Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi»,
Kt 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti. 
v) valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiiy valyutaning so‘m 
ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi:
Dt 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. 
g) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan 
ortig‘ini aks ettirilishi:
Dt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi»,
Kt 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti. 
d) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank 
kursidan kam) aks ettirilishi:
Dt 9620-«Kurs farqlaridan zararlar»,
Kt 9220-«Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har bir hisobot oyining oxirgi sanasiga balansning 
valyuta – moddalarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qaytadan baholaydi va sodir bo‘lgan 
kurs farqlari ijobiy bo‘lsa 9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotiga, salbiy 
bo‘lsa – 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotiga o‘tkaziladi. 
Balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi, bankning depozit, ssuda schyotlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi 
valyuta mablag‘lari;
b) xorijiy valyutadagi pulli hujjatlar;
v) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi qisqa va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; 
g) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi debitor va kreditor qarzlar, kreditlar va qarzlar 
Xorijiy valyuta harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valyuta 
schyotidan ko‘chirma berish yo‘li bilan xabar beradi. 5210-«Mamlakat ichidagi 
valyuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu schyotning debet 


oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valyuta schyoti bo‘yicha analitik 
hisob kartochkalarda valyutalarning nomlari bo‘yicha yuritiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə