1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#102602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu Pul mablag‘lari va hisob kitoblar hisobi

4. Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga 
oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish 
O‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi 
chet el valyutasidagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
5210-“Mamlakat ichida valyuta schyotlari”; 
5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari”; 
5210-“Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari” 
schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida 
esa pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish 
natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan 
o‘tkazilgan summalar 4860-“Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960-
“Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va 
ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. 


Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini 
saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. 
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning 
bog‘lanishi 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog‘lanishi 
Debet 
Kredit 

Kassadan valyuta mablag‘larining valyuta schyotiga 
topshirilishi 
5210, 5220 
5020 

Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining 
valyuta schyotiga o‘tkazilishi 
5210, 5220 
5510-5520 

Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan 
qarzning qaytarilishi 
5210, 5220 
5830 

Ilgari berilgan bo‘naklarning qaytarilishi 
5210, 5220 
4310-4330 

Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi 
5210, 5220 
4860 

Olingan bo‘naklar summasi 
5210, 5220 
6300, 7310 

Ilgari aksiyalarga obuna bo‘lgan ta’sischilardan ulush 
summasining kelib tushishi 
5210, 5220 
4610 

Nominal 
qiymatdan 
yuqori 
bahoda 
sotilgan 
aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi 
5210, 5220 
8410 

Investitsiyaga mablag‘larning qo‘yilishi 
0600, 5800 
5210, 5220 
10 
Bankdan kassaga valyuta mablag‘larining kelib 
tushishi 
5020 
5210, 5220 
11 
Xususiy aksiyalarning sotib olinishi 
8610, 8620 
5210, 5220 
12 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi 
qarzlarning to‘lanishi 
6010 
5210, 5220 
13 
Berilgan bo‘naklarning summasi 
4310-4330 
5210, 5220 
14 
Ilgari olingan bo‘naklarning qaytarilishi 
6300, 7310 
5210, 5220 
15 
Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to‘lanishi 
6610 
5210, 5220 
16 
Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlar qoplandi 
6920 
5210, 5220 
17 
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi 
6810-6840 
5210, 5220 
18 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi 
qoplandi 
6950 
5210, 5220 
19 
Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi 
6910, 6950 
5210, 5220 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə