1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Buyurtmachi “boshqa xarajatlari”ni tarkibi va ularni aniqlash tartibi



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə33/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

7.2. Buyurtmachi “boshqa xarajatlari”ni tarkibi va ularni aniqlash tartibi
Buyurtmachiing “boshqa xarajatlar” tarkibi. Buyurtmachining boshqa xarajatlari o‘z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi:
- loyiha-qidiruv ishlari;
- loyiha (shaharsozlik) hujjatlari ekspertizasi, shu jumladan ekologiya ekspertizasi;
- mualliflik nazorati;
- tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizasi, tanlov savdolarini tashkillashtirish va o‘tkazish;
- buyurtmachi xizmati ta’minoti, shu jumladan texnik nazoratni amalga oshirish;
- davlat arxitektura va qurilish nazorati (DAQN) xizmatini ta’minlash;
- bank kreditlari va boshqa zaem vositalarini foizlarini va ular bo‘yicha rasmiylashtirish (“foydalanishga tayyor holda”gi ob’ekt qurilishi sharoitida moliyalashtirish);
- er maydoni ajratish;
- buzib tashlangan imorat va kesib tashlangan daraxtlar va butalar, bino va inshootlarni ko‘chirish yoki buzilganlari o‘rniga yangi bino va inshootlarni qurish uchun badal;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.03 yil 261-son qarori 1 ilovasi 18 bandiga ko‘ra tegishli asosga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurilishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.



Xarajatlarning nomi


Xarajatlarni aniqlash uchun tavsiya etilgan me’yoriy hujjatlar

Loyiha-qidiruv ishlari


Qurilish ob’ektlarini loyiha-qidiruv ishlarini shartnomaviy joriy narxda aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi (15.12.2003y. 9-son Davarxitektqurilish Qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 08.01.2004 y. ro‘yxatga olingan) Loyiha-qidiruv ishlari uchun shartnoma.


Mualliflik nazorati


Tuzilgan SHartnoma asosida mualliflik nazorati o‘tkazish va loyiha tashkilotining xizmatlari narxlarini hisoblash.


Loyiha hujjatlarini ekspertizasi, jumladan ekologiya ekspertizasi


Tuzilgan SHartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish


Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish


Kapital qurilishda tanlov savdolarini tashkil qilish o‘tkazish, ekspertiza va tanlov hujjatlarini tayyorlash sarf-xarajatlari to‘plami (Davarxitektqurilish Qo‘mitasi 29.11.2000y. 71-son buyrug‘i)


Buyurtmachi xizmati ta’minoti, shu jumladan, texnik nazoratni amalga oshirish


Moliyalashtiruchi tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabr 395-son qarorining 2-son ilovasi 51 bandi “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom”)


Davlat arxitektura va qurilish nazorati (DAQN) tashkilotlari ta’minoti ajratmalari


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida.


Ob’ekt qurilishi bank kreditlari hisobiga moliyalashtirishda (tashkil etish, majburiyat va sh.k. uchun bank komissiyasi) ob’ekt qurilishi davridagi bank kreditlari foizlari va kreditlar bilan bog‘liq boshqa xarajatlar


Hisob-kitob bo‘yicha va kredit shartnomasi asosida


Er maydonini ajratish xarajatlari


Amaldagi narxlar asosida, hisob-kitob bo‘yicha


Buzib tashlangan imorat va kesib tashlangan daraxtlar va butalar, bino va inshootlarni ko‘chirish yoki buzilganlari o‘rniga yangi bino va inshootlarni qurish uchun badal


Amaldagi kadastr ko‘rsatkichlari qiymati asosida hisob-kitob bo‘yicha


Asoslangan holda qurilishga bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.03 yil 261-son qarori 1 ilovasi 18 bandiga ko‘ra hisob-kitob bo‘yicha va tasdiqlovchi hujjatlar.





Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə