1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Reja: 7.1. Buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlar”ni aniqlashning me’yoriy asoslari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə32/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

Reja:
7.1. Buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlar”ni aniqlashning me’yoriy asoslari
7.2. Buyurtmachi “boshqa xarajatlari”ni tarkibi va ularni aniqlash tartibi
7.3. Pudratchining “boshqa xarajatlari”ni aniqlash tartibi
7.4. SHartnomaviy joriy narxlardagi qurilish narxiga pudratchining “boshqa xarajatlari”ni (miqdorini) darajasini qo‘llash tartiblari
7.5. Pudratchining “boshqa xarajatlari” da hisobga olanadigan xarajat moddalari


7.1. Buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlar”ni aniqlashning me’yoriy asoslari
Davlat byudjeti va vositalari, unga tenglashgan boshqa maqsadli moliyalash fondlari, barcha turdagi davlat tashkilotlari va korxonalari moliyalash manbalari hisobiga shartnomaviy joriy narxda qurilish qiymatini hisoblash vaqtida buyurtmachi “boshqa xarajatlari” miqdori (qiymatini) hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 iyundagi qabul qilingan "Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalari hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarinin amalga oshirishda shartnomav joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida"gi Qarori, “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari. SHaharsozlik normalari va qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qo‘mitasining tomonidan “Loyiha –tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibib to‘g‘risida” Nizom, hamda “Qurilish ob’ektlarini shartnomaviy joriy narxlarda hisoblashda buyurtmachi va pudratchining “boshqa xarajatlari”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma asosida aniqlanadi.
SHuningdek pudratchining boshqa xarajatlarini aniqlashda yuqoridagi me’yoriy hujjatlari bilan birgalikda quyidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlardan foydalanalidi:
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Soliq kodekslari;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomi;
- Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 sentyabr 395-son “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 23.10.2002 yil 1181-son ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”si va mazkur metodik tavsiyalarning 1, 2, 3, 4 ilovalarida ko‘rsatilgan va boshqa hujjatlarda.



Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə