1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Pudratchining “boshqa xarajatlari”ni aniqlash tartibi



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə34/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

7.3. Pudratchining “boshqa xarajatlari”ni aniqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.03 y. 261-son qarori 1 ilovasi 16 bandining 1 abzatsi va 18 bandi (boshqa xarajatlar) pudratchining “boshqa xarajatlari” zaruriy foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, majburiy to‘lovlar va ajratmalardan iborat bo‘ladi.
Buyurtmachi tomonidan tanlov savdolarini o‘tkazish uchun savdo tanloviga qo‘yiladigan ob’ekt qurilishining boshlang‘ich narxi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining (“Qurilish ishlari, mahsulotlari va xizmatlari xarajatlari haqidagi asosiy ko‘rsatkichlar”) statistika hisoboti byulletenlaridagi tegishli hududlar bo‘yicha pudrat tashkilotlarining “boshqa xarajatlari” solishtirma miqdori ko‘rsatkichlariga asosan yuzaga keladi.
Savdo tanlovi o‘tkazilmay pudratchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan bo‘lsa, ob’ektni (qurilishni) shartnomaviy joriy narxini aniqlashda pudratchining “boshqa xarajatlari” darajasi SHNQ 4.01.16-09 ga mos ravishda asoslangan hisob-kitob va tomonlar kelishuvi asosida qabul qilinadi.
Pudratchining “boshqa xarajatlari” moddalarning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 54-son Qarori “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi”ga kiritilgan o‘zgartirishlari bilan mos keladi.
Me’yorlashtirilgan moddalar xarajati bo‘yicha xarajatlarni aniqlash, amaldagi qonuniy va me’yoriy aktlar bo‘yicha ularning miqdor qismida aniq belgilangan xarajatlariga asosan amalga oshiriladi.
Pudratchining “boshqa xarajatlari” darajasini aniqlash, qabul qilingan bazis ko‘rsatkichlari davriga mos ravishda amalga oshiriladi (o‘tgan 12 oy natijalar haqidagi) pudrat tashkilotining aniq balans ko‘rsatkichlari va moliyaviy hisobotlar forma 2, korxona xarajatlari forma 5-S, mehnat bo‘yicha forma 1-T, hisobot forma 1-MB (kichik va mikrofirmalar uchun) va hisobot ko‘rsatkichlari tahlili asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Pudratchining “boshqa xarajatlar” darajasi foiz hisobida:

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə