1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Pudratchining “boshqa xarajatlari” da hisobga olanadigan xarajat moddalari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə37/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

7.5. Pudratchining “boshqa xarajatlari” da hisobga olanadigan xarajat moddalari
1. Davr sarflaridan quyidagi modda xarajatlari:
1.1. Ma’muriy xarajatlar
1) Boshqaruv hodimlari jumladan ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlarga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari:
boshqaruv devoni ishchilari (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarga kiruvchi boshqa ishchilar);
ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlar: katta ishlab chiqazuvchilar (uchastka boshliqlari), ishlab chiqaruvchilari, qurilish uchastkalari ustalari, uchastka mexaniklari;
boshqaruv devonida xo‘jalik xizmatlarini amalga oshiruvchi ishchilar.
2) Mehnatga haq to‘lash xarajatlaridan boshqaruv, ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlariga tegishli bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lovlar yig‘indisi.
3) Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
4) Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar, internet, bunda kanallarini ijaraga berish, ko‘chma, yo‘ldosh va peyjing aloqa, radiochastota spektrida foydalanish, ma’lumotllarni uzatish tarmoqlari uchun haq to‘lash hisobga olinmaydi. Ob’ekt joylarida ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda ko‘chma, yo‘ldosh, peydjer aloqa, radiochastota spektridan foydalanish zarur bo‘lgandagi xarajatlar hisobga olish mumkin.
O‘rnatilgan me’yorlar chegarasida shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun haq to‘lash.
5) Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari.
6) Ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash..
7) Ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek, eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
8) Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo‘jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
9) Xizmat engil avtotransporti va xizmat mikroavtobuslar saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari.
10) O‘rnatilgan me’yorlar chegarasida boshqaruv hodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar.
11) O‘rnatilgan me’yorlar chegarasida miqdordagi vakillik xarajatlari.
12) Hodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish xarajatlari.
13) Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan tabiatni muhofaza qilish ahamiyatga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari. O‘rnatilgan me’yorlar chegarasida.

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə