1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


-mavzu. Asosiy ish xaqi xarajatlari va ularni shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə15/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

4-mavzu. Asosiy ish xaqi xarajatlari va ularni shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar
4.1. Ish haqi tushunchasi va mehnatga haq to‘lash tizimi
4.2. Ish vaqti fondi


4.1. Ish haqi tushunchasi va mehnatga haq to‘lash tizimi
Ish haqi yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir.
Ish haqining asosiy elementi – uning stavkasidir. Ish haqining stavkasi shartnomada belgilab qo‘yiladi va muayyan vaqt birligi ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega bo‘lgan mehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilab beradi
Ish haqini tartibga solish mexanizmida boshlang‘ich baza sifatida uning eng kam miqdori (minimal ish haqi) namoyon bo‘ladi, u oddiy, kam malakali mehnat bilan band bo‘lgan xodimlarning takror hosil qilinishi uchun normal shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementlari - mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Har bir element qat’iy belgilangan vazifasiga egadir.
Mehnatni normalash - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini: vaqt normalari, soni, xizmat ko‘rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish normalangan topshiriqlari normalarini aniqlashdir. Bular bo‘lmasa, mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qo‘shgan alohida hissasini hisobga olib bo‘lmaydi.
Ish haqining shakllari va tizimlari - bu mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bog‘liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Tarif tizimi turli normativ materiallar majmuidan iborat bo‘lib, ular yordamida korxonadagi xodimlarning ish haqi darajasi ularning malakasiga, mehnat sharoitlariga, korxonalar o‘rnashgan jo‘g‘rofiy joyi va boshqa tarmoq xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar lavozimlarining tarif ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va qo‘shimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi.
Mehnatga haq to‘lash tizimlari tushunchasi va ularning tasnifi.
Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikkita katta guruhga bo‘lish qabul qilingan.
Agar mehnat natijalarining asosiy o‘lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat)dan foydalaniladigan bo‘lsa, u holda mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli haqida gap yuritiladi.
Agar bunday o‘lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi to‘g‘risida gap boradi. Demak, ish haqining shakli - haq to‘lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo‘lib, ish haq to‘lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini hisobga olish asosiy ko‘rsatkichi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan bo‘ladi.

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə