1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`ekti sifatida



Yüklə 134,55 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü134,55 Kb.
#106213
  1   2   3   4   5
1 ma`ruza -

1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`ekti sifatida







Mavzuning maqsadi:

Talabalarda “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanining predmeti va vazifalari, izlanish uslublarini asosiy tayanch so`z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, ko`rgazmali materiallar va testlar orqali bilim va ko`nikmasini shakllantirishga ko`maklashishdan iborat.






Asosiy ma'lumotlar




    1. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanining mohiyati va vazifalari

Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o`rganish lozim.


Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog`liq bo`lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o`zining “O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida” asarida “Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag`bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo`l tanlash va faoliyat ko`rsatish erkinligiga bo`lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”, - deb ta’kidlagan edi.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog`liq holda o`zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo`lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko`paytirishga yo`naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’yektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o`rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo`lishini hisobga olgan holda xo`jalik rahbarlari respublika xalq xo`jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Bozor munosabatlariga o`tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o`zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o`z-o`zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo`lishini ta’minlovchi takomillashgan xo`jalik mexanizmini yaratishga yo`naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni ijaraga berish, undan foiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy misrliklar, greklar oldi-sotdi, pul, narx-navo, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O`zbek tilidagi “iqtisod” so`zi grekcha “Oykonomika” (ekonomika), ya’ni “Oykos” - uy, xo`jalik va “nomos” - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so`zlar birlashmasidan olingan bo`lib, “uy xo`jaligini yuritish qonuni” mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o`rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari (Suqrot, Kesnofont, Aflotun, Arastu, Epikur)qalamiga mansub bo`lgan asarlarda uchraydi.
Qur’onning “Yusuf” surasida berilgan ma’lumotlar bo`yicha eramizdan 3000 yillar oldin Yusuf payg`ambar Misr shohiga: “Meni shu yerning xazinalari ustiga qo`ying. Chunki men (ularni) to`la to`kis saqlaydigan va to`g`ri tasarruf qilishni biladigan kishiman”, - deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, qadimda xazinalarni saqlash, sarf qilishni iqtisodiy tayanchlarini bilgan, ya’ni shu narsani aytish joyizki, Qur’onda “Olloh barcha narsa uchun miqdor-o`lchov qilib qo`ygandir”, - deb ”Taloq” surasida yozilgan. Qur’onda meros, sudxo`rlik, sadaqa, omonat, zakot, fitr kabi iqtisodiy kategoriyalar ham ishlatilgan.
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g`oyalar, xo`jalik yuritish bo`yicha fikrlar ko`pdan ko`p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug`bek, Bobur kabi mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun, Amir Temur “Tuzuklari”ni keltirish mumkin. “Temur tuzuklari”da iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi zamonda ham o`z faoliyatini yo`qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo`l-yo`riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to`lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to`g`risida ma’lumotlar keltirilgan.
Insoniyat tarixiga ko`z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishda siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlar aniqlanadi.
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g`oyasi o`sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig`i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o`z aksini topgan.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari mustahkamlanib va turg`unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan yakka ongli xo`jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo`jalik sub’yektlari o`z tashabbusi, o`z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo`jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo`jalik yurituvchilarning o`zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo`jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g`oyasi tug`ila boshlaydi. Chunki uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglab xo`jalik sub’yektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo`jaligining) uyushtirilgan, davlat tomonidan tartibga solinadigan xo`jalik sub’yekti bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 134,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə