1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`ekti sifatida


Menejment va iqtisodiyotning predmeti va izlanish uslublari



Yüklə 134,55 Kb.
səhifə3/5
tarix19.04.2023
ölçüsü134,55 Kb.
#106213
1   2   3   4   5
1 ma`ruza -

Menejment va iqtisodiyotning predmeti va izlanish uslublari

Har qanday fan o`z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug`ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro`y beradigan jarayon va hodisalarning ro`y berish qonuniyatlarini aniqlaydi.


Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko`rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o`rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.
“Menejment” fanining predmeti xo`jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o`rganishdan iboratdir.
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo`lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko`rinishlarda bo`ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo`l ostidagi xodimlar o`rtasidagi aloqa va o`zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment – bu, eng avvalo, kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’yekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo`lib, u menejmentga o`rganilayotgan ijtimiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi.
Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqe’lik hodisalarini o`rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo`jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o`zida tahlil qilish va to`liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to`g`ri bog`lab qo`llash, har bir aniq vaziyatda eng maqbuli, samaralisini topish qobiliyatiga ega bo`lishidan iboratdir.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fani yuqorida keltirilganlarni mazmuni va mohiyatini ochib beradi, ularni xo`jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o`rgatadi.
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” faniningpredmeti - korxonada ro`y berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy, iqtisodiy shakl va usullar yig`indisi, ya’ni korxonaning yaxlit xo`jalik mexanizmidir.
Korxona xo`jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi.
Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, tezkorlashishi, konsentratsiyalanishi va hokazolar.
Ikkinchidan, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv jihatiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o`z ichiga oladi.
Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’yektlari bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo`jalik aloqalari.
To`rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag`batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (narx, ish haqi, foydalar kabi).
Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining me’yoriy hujjat hujjatlari, ko`rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar.
Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-ruhiy omillar.
Yettinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida O`zbekiston Respublikasi davlatining iqtisodiy siyosatining asosiy negizini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tomonidan nazariy asoslangan quyidagi beshta ustuvor yo`nalishlari tashkil qiladi:

  • iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi;

  • davlat - bosh islohotchi;

  • qonun ustuvorligi;

  • kuchli ijtimoiy siyosat;

  • bozoriqtisodiyotigabosqichma-bosqicho`tish.

Butartibvaqoidalarkorxonaiqtisodiyotidao`zifodalarinitopadivakorxonaningfaoliyatiniyo`naltiradi.
Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijoratsirlariningshaklvausullari.
Korxonaningxo`jalikmexanizmimurakkabvako`pqirralitushunchadir. Xo`jalikmexnizminio`rganishorqalikorxonafaoliyatidaro`yberayotganiqtisodiyhodisalarvajarayonlargabahoberish, ularnirejalashtirishyo`llarinianiqlashimkoniyatigaegabo`lamiz.
Barchaiqtisodiyfanlarningusullarinifalsafiyasosivaumumiybilishqurolisifatidadialektikausuliishlatiladi. Shubilanbirgabilishjarayoniningrivojlanishiasosidailmiyfikryuritishningumumiyusullarihamtopilgan. Ular qatoriga induksiya, deduksiya, analiz (tahlil) va sintez kabilar kiradi.
Dialektika grekcha “dialektike” so`zidan kelib chiqib, tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonunlarini o`rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o`rganish usuliga dialektika deyiladi.
Induksiya lotincha “induction” so`zidan olingan bo`lib, xabar olish mazmunini bildiradi. U fikr yuritishning bir turi va tadqiq qilish usulidir. Umuman, induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan umumiylikka o`tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo`lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o`rganilib, xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha “deduction” so`zidan olinib, so`zma-so`z “chiqarish” ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq qilish usuli bo`lib, induksiya usulining teskarisini ifodalaydi. Deduksiya usuli ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib boriladi.
Analiz (tahlil) va sintez grekcha “anajysis” va “synthesis” so`zlaridan olingan bo`lib, analiz - bo`lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nolarini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot usullari bo`lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo`limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo`limlardan yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo`lib “Iqtisodiy tahlil”, “Moliyaviy tahlil”, “Audit” degan fanlarning mavjudligi hisoblanadi.
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko`p arsenalli usul va uslublarni ham o`z predmetini o`rganishda ishlatadi. Tabiiy yo`naltirilishi bo`yicha bu usullar va uslublar iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o`tkazish, prognozlash, rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo`yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, tajriba-sinov o`tkazish, tizimli tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo`linadi. Bular bilan bir qatorda statistik, matematik gipoteza usullari ham keng ishlatiladi.




  1. Yüklə 134,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə