1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`ekti sifatida



Yüklə 134,55 Kb.
səhifə2/5
tarix19.04.2023
ölçüsü134,55 Kb.
#106213
1   2   3   4   5
1 ma`ruza -

Xo`jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai-nazaridan ishlab chiqarish elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o`z manfaatlari, xo`jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o`z resurslarini o`z ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo`lgan sub’yektiga tushuniladi.
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisodiyot (ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil mazmunda ishlatiladi.
Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo`jalik (xalq xo`jaligi, tarmoq, hudud, birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo`jalik sub’yektlari o`rtasidagi moddiy va boshqa boyliklar bilan bog`liq munosabatlar tushuniladi.
Uchinchidan, iqtisod - bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va hakozolardan iboratdir.
Va nihoyat, to`rtinchidan, iqtisod bu - fan.
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va umumlashtirish to`g`risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar yig`indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni rivojlantiradi hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo`jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun unga mos xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (narx, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko`rsatkichlar, usullarni (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, me’yorlashtirish kabilar) xo`jalik yurituvchilar o`z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.
Sof “korxona iqtisodiyoti” fanini o`rganish to`g`risida so`z yuritilganda, albatta, uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o`lchov birliklari, ko`rsatkichlari va mezonlarini aniqlash usullarini o`rganish;
- korxona xo`jalik mexanizmini holatini o`rganish, baholash, kelajakga bashorat (prognoz) qilish;
- bo`lajak mutaxassislarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat (prognoz) qilish usullari bilan qurollantirish;
- xo`jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash;
- barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish;
- korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo`llarini belgilash, chunki ushbu omillar jamiyat, tarmoq va sohalar bo`yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo`yicha olinganda, makon va zamon birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi.


1.1.-chizma. Iqtisodiyot va menejment o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik.

Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’yektlar va iste’molchilar bilan o`z faoliyatini muvofiqlashtirish, situatsiyalarni, jarayonlarni o`z manfaati va maqsadiga yo`naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo`llarini bilish talablarini qo`yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan xoli emas.






  1. Yüklə 134,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə